Keli shild I
I.O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Farmoyishlari va
Download 0.59 Mb.
|
ish reja
I.O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Farmoyishlari va
Hukumat qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha masalalar. Navbahor tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1957 yil tashkil topgan bo‘lib, maktabning hozirgi faoliyat ko‘rsatayotgan binosi 2016 yil qurilgan, hozirgi kunda 216 o‘rinli moslashtirilgan loyiha asosida qurilgan, 2022-2023 o‘quv yilida maktab binosida ikki navbatda 297 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olgan. Maktabda 6 ta boshlang‘ich sinf xonasi, 9 ta barcha fanlar bo‘yicha fan xonalari talab darajasida jihozlangan. Maktabning 12 x 24 hajmdagi sport zali hamda 60 x 160 hajmdagi sport maydonlari mavjud, maktabda 2022-2023 o‘quv yilida 14 ta sinf bo‘lib, har bir sinfga o‘rtacha o‘quvchi soni 21 nafardan to‘g‘ri kelgan Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida istiqbol reja tuzib olingan va shu reja asosida ijobiy ishlar amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga asosan Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirish maqsadida o‘quvchilarga bilim tarbiya berishda samaradorlikka erishilmoqda. Qonunning 3.4,5.6,7,8,16,18,19,20,21,22,23,26,28,30,31-moddalarini amaliyotga joriy etish maqsadida pedagogik jamoa quyidagi vazifalarni bajargan. -Maktabda sog‘lom pedagogik muhit yaratilgan. -O‘qituvchilarni 85%ni yosh , iqtidorli pedagog kadrlar tashkil etadi. -Maktabda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi № 414-sonli qarori asosida sarmoyadan tashqari mablag‘ topish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2021 yil sarmoyadan tashqari 10.400.000 mablag‘ topilgan.Mazkur mablag‘ hisobidan maktabni joriy ta’mirlash ishlari, kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini darsliklar va o‘quv qurollari, maktab zallari va sinf xonalari bezatildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarorining maktabda bajarilishi bo‘yicha nazorat papkalari, daftarlari yuritib borilgan, daftarga belgilangan grafalarda yuqori tashkilotlardan kelgan qaror, buyruq, tavsiya va xatlar belgilab olingan. Ijrochi rahbar va hodimlarga topshiriqlar o‘z vaqtida etkazilgan.Har bir topshiriqning tadbir rejalari tuzib chiqilgan. Yozma ma’lumotlar to‘laligicha saqlangan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling