Keli shild I


Maktabning yangi o‘quv yili uchun maqsadi


Download 0.59 Mb.
bet6/21
Sana11.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1697712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ish reja

Maktabning yangi o‘quv yili uchun maqsadi.
Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha pedagog xodimlarning moliyaviy savodxonligi va iqtisodiy bilim darajalarini, AKTdan
bilim darajasini va chet tilini mukammal o‘rganishni yo‘lga qo‘yish.
O‘quvchilarni DTSlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash, shaxsning ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ruyobga chiqarish.
Ta’limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarining zarur hajmini beradi, o‘quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda o‘quvchilargi ta’limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko‘maklashish.
Maktab ta’lim-tarbiya ishlari har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi,o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olishlariuchun imkoniyatlar yaratish.
Bola huquqlarini ta’minlash, uning qadr-qimmatini e’zozlash,bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish.

Maktabning yangi o‘quv yili uchun vazifalari.

Maktabning asosiy vazifalari:


O‘quvchining qaysi millatga, dinga, irqqa mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, umumiy o‘rta ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib berish;

Ta’limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlash;


Iste’dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qullab quvvatlaydi, rag‘batlantiradi;
O‘quvchilarga puxta bilim va ko‘nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish;
O‘quvchilarga milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantirish;
O‘quvchilarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga( bayrog‘i,madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalash;
Bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatni to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tadbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish;
Ahloqan pok,jismonan baquvvat,Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o‘zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog‘lom avlodni etkazib berish;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchilarni oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari uchun tayyorlab borish.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling