Kelishildi” “Muhandislar” sport klub rais


Download 20.85 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi20.85 Kb.
#1702223
Bog'liq
Nizom Futbol


KELISHILDI”
Muhandislar” sport klub rais
o‘rinbosari___________Sh.Boybo‘tayev
_____”______2023-yil



TASDIQLAYMAN”
Termiz muhandislik-texnologiya instituti
rektori__________O‘.Аxmedov
_____”______2023-yil





Termiz muhandislik-texnologiya institutining professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha
1-oktabr ustozlar va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan “Rektor kubogi” sport musobaqasi
N I Z O M I

Termiz-2023

    1. Musobaqaning maqsad va vazifalari

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2021-yil 5-noyabr PQ-5282-son qarori ijrosini ta’minlash hamda institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish.


    1. Musobaqaga rahbarlik qilish

Musobaqaga umumiy rahbarlik qilish Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori sport klubi raisi O‘.Аxmedov, musobaqa bosh hakami “Muhandislar” sport klubi rais o‘rinbosari Sh.Boybo‘tayev, kotib institutning jismoniy tarbiya va sport fani katta o‘qituvchisi B.Boboraxmatov

    1. Musobaqa ishtirokchilari

Ushbu sport musobaqalariga Termiz muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari ishtirok etishadi. Musobaqa ishtirokchilari belgilangan sport formasida bo‘lishlari talab etiladi.

    1. Musobaqa shartlari



Musobaqaning boshlanish vaqti 2023-yil 26-sentabr soat 17:00 da. Musobaqada ishtirok etish uchun kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari o‘zining havaskor sportchilar jamoasini shakilantirib talabnomasini musobaqa tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etadi. Sport musobaqalari amaldagi FIFA qoidalariga binoan Olimpiya tizimida o‘tkaziladi. Havaskor sportchilar musobaqalarda ishtirok etish uchun musobaqa boshlanish vaqtidan 10 daqiqa oldin musobaqa o‘tkaziladigan joyga kelishlari talab etiladi. Kechikib kelgan havaskor sportchilar musobaqaga qo‘yilmaydi.
Ushbu sport musobqalarida nizolar yuzaga kelsa tashkiliy qo‘mitaga yozma ravishda murojat qilinadi.



    1. Mukofotlash

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari “Muhandislar” sport klubi hisobidan qimmatbaho sovg‘alar va 1-2-3 darajali diplomlar bilan taqdirlanadi..


Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi



  1. “Muhandislar” sport klubi

rais o‘rinbosari Sh.Boybo‘tayev
Tel. m : +99890 295 97 47, +99899 168 97 47



  1. Institutning jismoniy tarbiya va sport

fani katta o‘qituvchisi B.Boboraxmatov
Tel.: +99891 971 40 88
Download 20.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling