Kelishildi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i


Download 103 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi103 Kb.
#1070934
Bog'liq
ТДТУ Йўл харитаси (2)


KELISHILDI
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i
_______________ B.Nazarov

______” __________ 2022 yil






TASDIQLAYMAN
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori
______________ Q.Q.Qurolov
_____” __________ 2022 yil



TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZIDA O‘TKAZILGAN TASHQI BAHOLASH XULOSASIDA KO‘RSATILGAN KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA
YO‘L XARITA”





Ta’lim inspeksiyasi xulosasida ko‘rsatilgan kamchiliklar

Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar

Muddati

Mas’ullar

1.

Attestatsiya komissiyasi tomonidan Markaz faoliyatini tashqi baholash xulosasi bilan barcha xodimlarini tanishtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Markaz faoliyatini tashqi baholash xulosasini mehnat jamoasining yig‘ilishida ko‘rib chiqib, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash.

2022 yil iyun

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (O.Zaripov),
Markaz direktori
(Q.Qurolov)

2.

Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlangan Markazning tuzilmasida ko‘zda tutilgan “Ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashkil etilmagan.

Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlangan Markazning tuzilmasiga ko‘ra “Ta’lim texnologiyalari” kafedrasini tashkil etish.

2023 yil yanvar

Markaz direktori
(Q.Qurolov)

3.

Istiqbol rejani ishlab chiqishda asosiy kadr ite’molchilarining ishtiroki ta’minlanmagan.

Markazning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan istiqbol ish rejasini qayta ko‘rib chiqish, asosiy kadr ite’molchilarining ishtirokini ta’minlagan holda muhokamadan o‘tkazish, takomillashtirish hamda tasdiqlash.

2022 yil sentabr

Markaz direktori
(Q.Qurolov)
Bo‘lim boshliqlari (G.Shamaribxodjayeva, G.Djanaliyeva)

4.

Markazda hisobot va hujjat aylanishini yuritishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan tizim joriy etilmagan.

Universitet bilan kelishgan holda hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini markazga joriy etish hamda ushbu sohaga mas’ul mutaxassisni qisqa malaka oshirish kursiga yuborish.

2022 yil sentabr

Muhandis dasturchi

5.

O‘quv rejalarda qavs ichida belgilangan faoliyat turlari, ishchi va o‘quv rejalarda ochib berilishi lozim edi. Bunga amal qilinmagan

O‘quv rejalarda qavs ichida belgilangan faoliyat turlari, yangi ishlab chiqiladigan o‘quv va ishchi rejalarda ochib berilishini ta’minlash.

2023 yil avgust

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (G.Djanaliyeva)

6.

Kasbiy qayta tayyorlash kurslarining o‘quv rejalarida ayrim kamchiliklar mavjud

Kasbiy qayta tayyorlash kurslarining o‘quv reja va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan ekspertizadan o‘tkazilib tasdiqlanishini ta’minlash

2022 yil avgust

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (G.Djanaliyeva)

7.

Namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv reja tasdiqlanishidan oldin ishchi o‘quv reja va ishchi o‘quv dastur tasdiqlangan holatlar mavjud

Yangi ishlab chiqiladigan namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv reja tasdiqlangandan keyin ishchi o‘quv reja va ishchi o‘quv dasturlarni tasdiqlatish choralarini ko‘rish va ularni tasdiqlatish..

2023 yil avgust

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (G.Djanaliyeva)

8.

Ayrim qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari ishchi dasturlarining ba’zi modullari mazmuni o‘quv dasturlarning tegishli modullari mazmuniga mos kelmaydi

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchn yangi ishlab chiqiladigan ishchi dasturlarining modullari mazmunini o‘quv dasturlarning modullari mazmunlarini mosligini ta’minlash

2023 yil avgust

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (G.Djanaliyeva)

9.

So‘ngi ikki yilda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish reja grafigi bajarilmagan

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish reja grafigida belgilangan kontingentni o‘quv jarayonlariga to‘liq jalb etish chora-tadbirlarini belgilash. OTMlari bilan rejani bajarilishi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatni takomillashtirish

2022 yil dvomida

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i (G.Shamaribxodjayeva)

10.

Guruh jurnallari talab darajasida rasmiylashtirilmagan. Guruh jurnallarida tinglovchilar davomati uchun joy ajratilgan, lekin tinglovchilar yo‘qlama qilinmagan

Guruh jurnallarni belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilishini ta’minlash.Har sikl yakunida jurnallarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini qat’iy nazoratini yo‘lga qo‘yish. Tinglovchilarning davomatini muntazam ravishda kiritib borish, shuningdek, tinglovchilarning davomatini avtomatik tarzda aniqlashga mo‘ljallangan FingerPrint texnologiyasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish va tinglovchilar davomatini markaz serverida qayd etib borish.

Doimiy
har sikl yakunida

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i (G.Shamaribxodjayeva)

11.

Markaz tinglovchilari uchun turar joy mavjud emas

TDTU rektori bilan kelishgn holda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, tinglovchilarni turar joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rish

2022 yil sentabr

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor
Markaz direktor (Q. Qurolov)

12.

Markazda faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning tayanch ma’lumoti dars beradigan faniga mos kelmaslik xolatlari mavjud

O‘quv jarayonlariga jalb etish uchun ishga qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilarning tayanch ma’lumotlari dars beradigan modullariga mosligini chuqur o‘rganish. Bunda ularning ilmiy daraja va ilmiy unvonlari, shuningdek, modulga mos darslik va o‘quv qo‘llanmalari mavjudligiga e’tibor qaratish

2022 yil sentabr

Markaz direktori
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i (G.Shamaribxodjayeva)

13.

Markazning professor-o‘qituvchilari tomonidan deyarli qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid o‘quv qo‘llanma, elektron o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va monografiya tayyorlanmagan

Markazda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga oid uslubiy ko‘rsatma, elektron o‘quv qo‘llanmalar, chop ettirishni, ilmiy ishlar bo‘yicha patentlar olish choralarini ko‘rish.

2022 yil davomida

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (G.Djanaliyeva)

14.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘tiladigan darslar salmog‘i past

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘tiladigan darslar salmog‘ini 80 foizga yetkazish choralarini ko‘rish.

2022 yil davomida

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i ( G.Djanaliyeva)

15.

Markazda faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning zamonaviy texnologiyalar sohasida bevosita ishlab chiqarishda malakasini oshirish jarayoni amalga oshirilmagan

Markazda faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning zamonaviy texnologiyalar sohasida bevosita ishlab chiqarishda malakasini oshirish choralarini ko‘rish.

2022 yil davomida

TDTU profil kafedralari mudirlari
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i

16.

Malaka va bitiruv ishi mavzulari banki tinglovchilar soniga nisbatan kam shakllantirilgan

Bitiruv ishi mavzulari banki sonini qayta ko‘rib chiqish va ko‘paytirish.

2022 yil sentabr

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (G.Djanaliyeva)

17.

Malaka va bitiruv ishlarni rasmiylashtirilishi va sifati juda past darajada. Malaka oshirish kurslari tinglovchilari tomonidan tayyorlangan aksariyat malaka ishlarning nomlanishi (bitirish ishi, kursni tugatish ishi va boshqalar) har xil nomlangan.

Tinglovchilar tomonidan kurs yakunida bajariladigan bitiruv ishlarining mazmuni va sifat darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash. Malaka ishlari nomini Nizomda qayd etilganidek bo‘lishini ta’minlash

2022 yil sentabr

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i (G.Shamaribxodjayeva)

18.

Malaka attestatlari va sertifikatlarni berilishini qayd etish kitobini rasmiylashtirishda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan

Malaka attestatlari va sertifikatlarni berilishini qayd etish kitobini belgilangan tartibda yangidan rasmiylashtirish.

2022 yil iyun

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi uslubchisi (G.Shamaribxodjayeva)

19.

Ayrim holatlarda malaka attestati va sertifikatlar tinglovchilar tomonidan olinmagan.

Sertifikatlarni o‘z vaqtida olib ketmagan tinglovchilarning faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalari bilan bog‘lanish va ular tomonidan sertifikatlarni olib ketish choralarini ko‘rish.

2022 yil sentabr

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi uslubchisi (N.Annaqulova)

20.

Malaka oshirish kurslari samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish, malaka oshirish kurslari tinglovchilarining keyingi ish faoliyatiga qo‘shgan xissasi doimiy ravishda o‘rganib borilmagan.

Har oqim yakunida kurslarda ta’lim jarayonlarini sifat-samaradorligini monitoringini amalga oshirish, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar assosida ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2022 yil davomida

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i (G.Shamaribxodjayeva)
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘limi boshlig‘i (G.Djanaliyeva)




Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Ta’lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o‘rganish” bo‘limi boshlig‘i __________________ G.Shamaribxodjayeva




Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi _________________ A.Hayitov

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling