Kelishilgan


Download 496 Kb.
bet27/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

C) Lirik qo’shiqlar. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, xalq qo’shiqlarining hamma turi qaysi mavzuni yoritishdan qat’iy nazar, lirik qo’shiqlar namunasi hisoblanadi. Folklorshunoslikda lirik qo’shiqlar namunasi tilga olinar ekan, sevgi-muhabbat mavzusidagi qo’shiqlarni nazarda tutish odat tusiga kirgan.
Muhabbat qo’shiqlari odatda bir shaxs tomonidan kuy jo’rligida ijro etiladi. Ammo mashhur qo’shiqlar gap-gashtaklarda turli munosabat bilan kichik doirada o’tkaziladigan yig’nlarda jamoa bo’lib ijro etilishi mumkin.
Ma’lumki, lirik qo’shiqlar xalq og’zaki ijodining mustaqil janri sifatida bir qator xususiyatlarga egadir:

    1. Lirik qo’shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga mansub asarlarda inson ruhiy olami, uning ishqiy kechinmalari aks etadi.

    2. Agar boshqa mavzudagi qo’shiqlar, ba’zan uch(kelin salomlar), olti va sakkiz misralardan iborat bo’lsa, ishqiy mazmundagi lirik qo’shiqlar to’rt misradan tashkil topadi.

    3. Biz nazarda tutayotgan lirik qo’shiqlarasosan to’rt misrada tugal fikr anglatish imkoniyatiga egadir.

    4. Agar “Bo’zchi” qo’shig’ini faqat bo’z to’quvchi kosiblar, “churiya”ni echki sog’uvchi ayollar mehnat faoliyati davomida ijro etishsa, lirik qo’shiqlar kasb, payt, o’rin tanlamaydi.

AlLalarni ham lirik qo'shiqlar tarkibining go'zal namu­nalari sifatida baholash mumkin. To'g'ri, folklorshunoslik ilmida allalarni bolalar folklori sifatida tahlil qilish an'anasi bor. Ammo ayni choqda, bu asarlarni lirik qo'shiqlar namunasi sifatida baholash ham xato bo'lmaydi. Chunki alla qo'shiqlarining matnini o'rganish, ularni bevosita so'z san'ati namunasi sifatida lirik qo'shiqlar qatorida baholash ma'qulligini ko'rsatmoqda.
Ma'lumki, alla yosh go'dak bolalarga uxlash paytida ona yoki buvi tomonidan aytiladi. Beshikda bo'lgan chaqaloqqa allaning matnidan ko'ra kuy ohangi ko'proq ta'sir ko'rsatadi. Qo'shiq matnini bola tushunmaydi. Ammo alla qo'shiqlarida farzand ko'rgan oilaning quvonchi, baxti, shu bilan birga, dardi, alami va orzulari aks etadi. Qo'shiqlarda, avvalo, farzandli bo'lisnning naqadar insonga quvonch bag'ishlashi e'tiborimizni o'ziga jalb qiladi. Allada shukrona keltirish, taqdir bergan omaddan qoniqish alohi­da o'rinda turadi. «Alla» so'zining Ollohdan kelib chiqqan­ligi haqidagi fIkrlar ham yuqoridagi mulohazada o'z tas­dig'ini topadi, deb o'ylaymiz.

Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling