Kelishilgan


O’qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarning turlari


Download 496 Kb.
bet2/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

O’qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarning turlari. 
O’qitish jarayonida talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qullanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas'uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga pedagoga va o'zi tanlangan kasbiga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba'zilari haqida to'xtalib o'tamiz va ularni o'tkazish tartibi haqida qo'llanma beramiz. Ushbu qo'llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tankidiy, mustakil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, etuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
O’qitish jarayonida turli texnologiyalardan foydalanish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi.
««Aqliy hujum»» metodi – o’qituvchi talaba egallashi kerak bo'lgan mavzuni oddiydan – murakkabga tomon bosqichma bosqich loyihalab beradi.
«Tarmoqlar» metodi – talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan.
«3x4» metodi – talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta'lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta'rif bera olishiga qaratilgan.
«Blits-o'yin» metodi – harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida ko'p, xilma-xil fikrlardan, ma'lumotlardan kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan.
«Intervyu» texnikasi – talaba savol berish, eshita olish, to’g’ri javob berish, savolni to’g’ri tuzishni o'rgatishga qaratilgan.

Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling