Kelishilgan


Download 496 Kb.
bet3/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

«Ierarxiya» texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o'tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatishga qaratilgan.
«Bumerang» texnikasi – talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan.
«Talaba» treningi – talabalar bilan individual holda ishlash o’qituvchi va talaba o'rtasidagi to'siqni yo'q qilish, hamkorlikda ishlash yo'llarini o'rgatishga qaratilgan.
«O’qituvchi shaxsi» treningi – o’qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O’qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talabalar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
«Muloqot» texnikasi o’qituvchilarni auditoriya diqqatini o'ziga jalb etish, dars jarayonidahamkorlikda faoliyat ko'rsatishga, uni tashkil etishni o'rgatishga qaratilgan.
«Boshqaruv» texnikasi o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga qaratilgan. 
a) «Tarmoqlar» metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo'lib, u talabalarni biron bir mavzuni chuquro'rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuquro'rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo'yicha tassavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klaster (axborotlarni yoyish) – u ko'p variantli fikrlash, o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqealar) o'rtasida bog’lanish o'rnatish malakalarini rivojlantiradi, erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga yordam beradi. “Klaster” so'zi g’uncha, bog’lam ma'nosini beradi.
Klaster tuzish ketma-ketligi:
Auditoriya o’quv taxtasi o'rtasiga tayanch so'z yoki ibora yoziladi.
Kichik guruhdagi yoki yakka tartibdagi talabalarga ushbu so'z yoki iboraga tegishli bo'lgan so'zlar yoki gaplarni yozishni talab qilib, «Aqliy hujum» o'tkaziladi.
Tushuncha yoki g’oyalar o'rtasidagi bog’lanishni o'rnatish talab etiladi.
Eslagan variantlarning barchasini yozish tavsiya qilinadi. 

Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling