Kelishilgan


b) «O'ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing»


Download 496 Kb.
bet4/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

b) «O'ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing»
Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bo'lib, talabalarni matn ustida fikrlash, o'z goyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yo'naltiradi.
«O'ylang—Juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1.O’qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o'ylab chiqish, so'ng qisqa javoblar yozish tartibida.
2.Talabalar juftliklarga bo'linib, biri biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
3.O’qituvchi bir necha juftliklarga o'ttiz sekund davomida auditoriyaga o'z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
Quyidagi o’quv topshiriqlarini bajarish uchun 3 guruhga bo'lining.
Mustaqil xohlagan shaklda «hamkorlikdagi o’qish», «o'zaro o’qish», «birgalikda o’qish» tushunchalariga, sizning fikringiz bo'yicha, munosib tavsif va belgilarni yozing.
Guruhda birgalikda yozilganni muxokama qiling va ushbu tushunchalarni birga taqqoslab taxlil qilishga harakat qiling (grafik tashkil etuvchilaridan foydalani-shingiz mumkin).
Siz uchun uchta o’qish texnikasidan qaysi biri ma'qul?
O'z javobingizni asoslab bering.
Ushbu mavzu bo'yicha guruh bilimini aks etadigan ko'rgazmali ta?dimotni tayyorlang.
Boshqa guruhlar a'zolarining bilimini tekshirish uchun savollarni tayyorlang.
c) «Veer» texnologiyasi.
Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha bir yo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Veer» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchikichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Veer» texnologiyasi mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
boshida: o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
mavzuni o'rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab etish;
yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo'yicha dalildan natijaga kelish.
Ta'limdan tashqari «Elpig’ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai-nazardan muhokama qilish mahorati;
murosali qarorlarni topa olish mahorati;
o'zgalar fikriga hurmat;
xushmuomalalik;
ishga ijodiy yondashish;
faollik;
muammoga diqqatini jamlay olish mahorati. 



Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling