Kelishilgan


Download 496 Kb.
bet9/43
Sana19.10.2023
Hajmi496 Kb.
#1709336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
XIO Majmua

Savollar va topshiriqlar:

  1. Xalqimiz og’zaki ijodining qanday xususiyatlari bor?

  2. An’anaviylik xalq og’zaki ijodi asarlarini ijro etishda va matnda qay yo’sinda namoyon bo’ladi?

  3. Og’zakilik haqida so’zlang.

  4. Xalq og’zaki ijodidagi jamoalik tushunchasiga izoh bering..

5.Xalq ertaklaridagi an’anaviylikni qanday izohlaysiz. Misollar orqali tushuntiring.

  1. Miflar haqida tushuncha bering

  2. Totem, fetish, anima tushunchalarini izohlang.

  3. It, ilon va boshqa hayvonlar haqidagi mifologik hikoyalarga misollar keltiring.

8.Tushlarning ta’birining mifologiyaga qanday aloqasi bor?
9. Afsonalar qanday xususiyatlari bilan miflardan farqlanadi?
10.Afsonalarning turlari haqida ma'1umot bering.
11. Mustaqil ravishda afsonalarni yozib oling.
12. Rivoyatlar qanday xususiyatlari bilan afsonalardan farqlanadi?
13.O'zingiz eshitgan rivoyat1ardan parchalar keltirib tahlil qi­ling.
14. “Oy bilan kun”, “Ayoz momo” miflarini o’qing.
15.Mahalladagi qariyalardan ot, ilon, va boshqa hayvonlar haqidagi hikoyalarni eshiting, yozib oling.
16.Tushlarning ta’biri haqida hikoya qiling.
17. “Alpomish” dostonini o’qing. Dostonda an’anaviylik, og’zakilik, jamoalik, variantlilik, versiyalik va anonimlikning namoyon bo’lishini tushuntiring.


Adabiyotlar:
1. Imomov K, Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov 0., O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T., «O'qituvchi» 1990.

  1. Sarimsoqov B. O'zbek folklorining janr1ar sostavi. O'zbek folklori ocherklari, I-jild,T., 1988.

2-Mavzu: Mavsumiy va marosim folklori namunalari va ularning badiiyati

REJASI:­


  1. Marosim folklorining o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Mavsumiy marosim folklori.

  3. Oilaviy marosimlar va ularda ijro etiladigan folklor namunalari.

  4. Xulosa.

Marosim arab tilidagi «marsum» so'zidan olingan bo'lib, l-chizilgan; 2-rasm qilingan; 3-odat bo'lgan ma'no­larini anglatadi. Har bir j,nson umri davomida turli maqsad­larda uyushtirilgan va xalq orasida odat tusiga kirgan marosimlarda ishtirok etadi. Ular to'ylardan, yig'inlardan, ma'rakalardan iborat bo'lishi mumkin. Ayni paytda, butun xalq qatnashadigan bayramlarni ham marosimlar qatoriga qo'sha olamiz.


«Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to'kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o'tkaziladigan, xalq orasida qat'iy an'anaga aylanib qolgan xatti-harakatlar marosim deyiladi»1. Mazkur ta'rifdan ma'lum bo'lyaptiki, marosim xalq orasida qat'iy an'anaga aylangan tadbir hisoblanar ekan. Haqiqatan ham, qizni turmushga berish to'yi yigit tomonidan qiz yashaydigan oilaga sovchi kelishidan boshlanadi. «Sovchi» Mahmud Koshg'ariy ma'lumotiga ko'ra, xabarchi ma'nosi­ni anglatadi. Demak, sovchi bo'lajak kelin oilasiga kuyov haqida ma'lumot beradi va kelin haqidagi xabarni yigitniki­ga olib ketadi. Shundan so'ng, ikki tarafning kelishuviga binoan fotiha to'yi o'tkaziladi. To'y marosimi ham to'y olib kelish, indovchi yuborish, ziyofat berish, yor-yor aytish, tor­tishmachoq kabi o'nlab kichik-kichik sahnalardan iborat bo'ladi. San'atshunoslik sohasi bo'yicha fIkr yuritsak, har bir to'y ma'lum hududda yashovchi xalq tomonidan ko'p yillar mobaynida maxsus ishlab chiqilgan ssenariy asosida o'tkazi­ladi. Faqat uning ishtirokchilari, ayrim odatlari, sababchi­lari, uyushtirish sifati, darajasi, oilaviy va hudud sharoiti taqozosi bilan boshqa bo'ladi. Millat vakillarining an'analari, odatlari, rasm-rusumlari, mentaliteti (tabiati) ana shu ssenariyda, ya'ni marosimni o'tkazishda o'ziga xos lavhalardan iborat. Insonning tug'ilishi, uylanishi, turmush­ga chiqishi bor ekan, marosirnlar ham bo'laveradi. Demak, marosimlar xalq tarixidagi eng qadimgi qadriyatlar hisoblanadi. Qadim zamonlarda yigit qizga uylanish uchun o'zining jismoniy quvvatini u bilan kurash tushish yoki boshqa yo'l bilan namoyish qilishi zarur edi. Zamonlar o'tishi bilan bu odat yo'qolgan. Uning o'rniga yangi-yangi odatlar paydo bo'lgan. Marosimlar o'tkazilish vaqti, ko'ri­nishlari, odamlarning ishtiroki, maqsadiga ko'ra mavsumiy va oilaviy-maishiy turlarga bo'linadi.
Jumladan, mavsumiy marosimlarda qon-qarindoshlik jihatidan yaqinlikdan qat'i nazar, ma'lum hududda yashay­digan butun aholi ommaviy tarzda ishtirok etadi. Navro'z, Mehrijon, Ramazon hayiti, Qurbon hayit kabi yirik bayram­marosirnlar ham borki, ularni bir yoki bir necha xalq vakil­lari o'tkazadilar. Shox moylar, Sust xotin marosimlari esa kichik bir qishloq, mahalla yoki juda bo'lmaganda tuman miqyosida uyushtiriladi. Oilaviy marosimlarda esa asosan marosim egasining qarindoshlari, do'st-birodarlari, hamkasb xizmatchilar qatnashadilar. Ammo marosimlar turidan, maqsadidan qat'i nazar, jamoadagi odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishi, o'rtada mehr-oqibat tushunchalarini shakl­lantirishi, har bir odamni topshirilgan vazifani bajarish ruhi­da mas'uliyatli qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir.

Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling