19.05.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Qo‘shimcha vazifa yuklash to‘g‘risida:
Dilmurod DARMONOV – uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakulteti dekaniga 2022-yil 19-maydan moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini qo‘shimcha bajarish yuklatilsin va unga prorektor lavozim maoshining o‘ttiz foiz miqdorida qo‘shimcha haq belgilansin.
Buxgalteriyaga 2022-yil 19-maydan D.Darmonovning qo‘shimcha ish haqini hisoblash va to‘lash vazifasi yuklatilsin.
Asos: Kadrlar bo‘limi boshlig‘i J.Dadaboyevaning bildirishnomasi, bir necha kasbda va lavozimda ishlash to‘g‘risida Nizom, MKning 160-moddasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
2. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida:
Murodjon MANSUROV – o‘rindoshlik asosidagi ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi marketing va intellektual mulk sektori mutaxassisi o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan 2022-yil 6-maydan ozod qilingan hisoblansin.
Buxgalteriya foydalanilmagan mehnat ta’tillari hisobidan 10 kunga pullik kompensatsiya to‘lagan holda u bilan 2022-yil 6-may kuniga to‘liq hisob kitobni amalga oshirsin.
Asos: M.Mansurovning arizasi, MKning 99, 151-moddalari.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Rektor B.Shermuhammadov
Buyruq kadrlar bo‘limida tayyorlandi:
Bajardi Z.Abdumajidova
Mas’ul:
KB boshlig‘i J.Dadaboyeva
Kelishilgan:
YMMMIB birinchi prorektor P.Otaqulov
O’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Shukurov
Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.O’rinov
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov
Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor v.v.b. A.Asraqulov
TOIMMBTMB rektor maslahatchisi N.Maqsudov
KQK “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i A.Turaxanov
MRB boshlig‘i U.G’ulomov
Huquqshunos A.So‘fiyev
Bosh hisobchi Z.Mamatqulov
№215-к
Do'stlaringiz bilan baham: |