14.10.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Ishga qabul qilish to‘g‘risida:
1.1. Mirsodiqov Abdulla Tursunaliyevich – 2022-yil 14-oktabrdan iqtisodiyot va servis kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga 1,0 (to‘liq) asosiy ish o‘rniga (tanlovdan o‘tgunga qadar) ishga qabul qilinsin va unga bazaviy lavozim maoshlari miqdori to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 6763897 so‘m qilib belgilansin.
Asos: A.Mirsodiqovning arizasi, MKning 82-moddasi, 2022748-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
1.2. Toirjonova Ruxsora Shaxobiddinovna – 2022-yil 14-oktabrdan O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga 0,75 asosiy ish o‘rniga (tanlovdan o‘tgunga qadar) ishga qabul qilinsin va unga bazaviy lavozim maoshlari miqdori to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 4125451 so‘m qilib belgilansin.
Asos: R.Toirjonovaning arizasi, MKning 82-moddasi, 2022749-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
1.3. Usmonov Baxriddin Inomjonovich – 2022-yil 13-oktabrdan Do‘stlik oromgohiga navbatchi qorovul lavozimiga 1,0 (to‘liq) asosiy ish o‘rniga ishga qabul qilinsin va unga YTJning 1-razryadi bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan oylik maosh belgilansin.
Asos: B.Usmonovning arizasi, MKning 82-moddasi, 2022750-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
2. O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish to‘g‘risida:
2.1. Mamadaliyeva Zaxro Sho‘xratjon qizi – Farg‘ona shahar XTB tasarrufidagi 13-sonli maktab ingliz tili fani o‘qituvchisi 2022-yil 14-oktabrdan 2022-2023-o‘quv yili yakunigacha tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga 0,5 ish o‘rnida o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinsin va unga bazaviy lavozim maoshi 2750301 so‘m miqdorida to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan belgilansin.
Asos: Z.Mamadaliyevaning arizasi, Farg‘ona shahar XTB tasarrufidagi 13-sonli maktabining 2022-yil 13-oktabrdagi 294-sonli ma’lumotnomasi, MKning 160-moddasi, 2022751-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________ imzo sana
Do'stlaringiz bilan baham: |