Rektor B.Shermuhammadov
№277-к
16.07.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Ishga qabul qilish to‘g‘risida:
Solijon AXMEDOV – 2022-yil 16-iyuldan ombor mudiri lavozimiga 1,0 (to‘liq) asosiy ish o‘rniga ishga qabul qilinsin va unga YTJning 3-razryadi bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan oylik maosh belgilansin.
Asos: S.Axmedovning arizasi, MKning 82-moddasi, 2022323-sonli mehnat shartnomasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ ________
imzo sana
2. Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida:
G‘apporali XOJIMATOV – ombor mudiri 2022-yil 16-iyuldan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, duradgor lavozimiga (ustama ish haqi saqlangan holda) o‘tkazilsin va unga YTJning 4-razryadi bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan oylik maosh belgilansin.
Asos: G‘.Xojimatovning arizasi, mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish, MKning 92-moddasi.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
3. Mehnat ta’tili berish to‘g‘risida:
Sherzod XOLBEKOV – tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi kabinet mudiriga 2021-yil 30-avgustdan 2022-yil 29-avgustgacha ishlagan vaqti uchun 19 ish kunidan iborat 2022-yil 18-iyuldan 8-avgustgacha navbatdagi mehnat ta’tili berilsin. Unga 24 ish kuni hisobidan ta’til puli to‘lansin. Ishga chiqish vaqti 2022-yil 9-avgustdan.
Asos: Sh.Xolbekovning arizasi, mehnat ta’tillari jadvali.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Rektor B.Shermuhammadov
№276-к
15.07.2022
Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid:
1. Asosiy ish o‘rniga o‘tkazish to‘g‘risida:
1.1. Abdunosir YULDASHEV – o‘rindoshlik asosidagi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti ish yurituvchisi o‘z arizasiga asosan 2022-yil 15-iyuldan egallab turgan lavozimi bo‘yicha 0,5 qo‘shimcha ish o‘rnidan ozod qilinib, 1,0 (to‘liq) asosiy ish o‘rniga o‘tkazilsin va unga YTJning 3-razryadi bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan oylik maosh belgilansin.
Asos: A.Yuldashevning arizasi, MKning 92-moddasi, mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish.
Buyruq bilan tanishdim: _______ _________
imzo sana
Do'stlaringiz bilan baham: |