R. O. Xolbekov
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
buxgalteriya hisobi nazariyasi
OZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Òoshkent 2011 BUXGALTÅRIYA HISOBI NAZARIYASI R.O. XOLBEKOV Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi tomonidan «5340900 Buxgalteriya hisobi va audit» yonalishi boyicha talim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan 2 ISBN 978-9943-05-416-5 © R.O. Xolbekov, 2011 © Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011 UDÊ: 657.1(075) BBÊ 65.052ya73 X72 Taqrizchilar: A.A. Karimov Toshkent Moliya instituti, «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, S.V. Voxidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi professori. Xolbekov, Rasul Olimovich. Buxgalteriya hisobi nazariyasi / R.O. Xolbekov; OzR Oliy va orta maxsus talim vazirligi. T.: Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. 200 b. ISBN 978-9943-05-416-5 Mazkur darslik buxgaltåriya hisobining nazariy asosi bolib, u buxgal- tåriya hisobining jamiyatda tutgan orni, vazifasi, tamoyillari va usullari kabi nazariy bilimlar boyicha talabalarda tushuncha hamda konikma hosil qilishga yonaltirilgan. Shuningdek, darslik buxgaltåriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida mamlakatimizda qabul qilingan «Buxgaltåriya hisobi togrisida»gi qonun, «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajat- larining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tog- risida»gi Nizom, Ozbåkiston Råspublikasi Buxgaltåriya Hisobi Milliy Standarti va shu kabi boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun- mohiyatidan kelib chiqqan holda yozildi. Mazkur darslik «Buxgaltåriya hisobi va audit» yonalishi talabalari uchun moljallangan bolib, undan boshqa iqtisodiyot yonalishida tahsil olayotgan talabalar, xojalik yurituvchi subyåktlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. UDÊ: 657.1(075) BBÊ 65.052ya73 X72 3 KIRISH Pråzidåntimiz I. Karimov takidlab î'tganidåk, «Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boyicha 20092012- yillarga moljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi Ozbåkistonni 2009-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yonalishi bolib qoladi. Shu bilan birga nafaqat mamla- katimizdagi, balki xorijiy mijozlarning ham ishonchini qozona oladigan yuqori malakali auditorlik, sugurta, lizing kompaniyalari va bozor infratuzilmasi boshqa xizmatlarining moliya bozorida yåtakchi mavqåga ega bolishi uchun kop ish qilishimiz lozim». 1 Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xojalik yurituvchi subyåkt oz faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini togri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgaltåriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bolib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyåktlarining aytib otilgan talablarning bajarilishida muhim orinni egallaydi. Boshqa fanlar kabi «Buxgaltåriya hisobi» fani ham oz tarixi, vazifalari, prådmåti, obyåkti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi kunda Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimidagi muammolardan biri ananaviy «Buxgaltåriya hisobi» fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta korib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir. Bizga malumki, hozirda buxgaltåriya hisobi fan sifatida bir-biriga bogliq «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi», «Moliya- viy hisob» va «Boshqaruv hisobi» kabi qismlarga bolinadi. 1 Ozbåkiston Råspublikasi Pråzidånti Islom Karimovning 2009- yil 13- fåvraldagi Ozbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008- yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009- yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisidagi maruzasi. «Xalq sozi» gazåtasi, 2009- yil 14- fåvral. 4 «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fani buxgaltåriya hisobining asosiy nazariy qismi bolib, unda buxgaltåriya hisobining jamiyatdagi orni, ahamiyati, vazifasi, prådmåti, obyåkti, tamoyillari, usullari va boshqa oziga xos xususiyatlari organilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida buxgaltåriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qollanishi organiladi. «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fani nafaqat buxgaltåriya hisobi tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha mamuriy-boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar togrisida malumotga ega bolishi kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fanida korib otiladigan usul va tamoyillar orqali ifodalanadi. Buxgaltåriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy malimotlarga kora buxgaltåriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida tortta yirik davlat: italyan, fransuz, nåmis va angliya-amårika maktablari mavjuddir. Buxgal- tåriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga oxshamaydi. Ularning talimotlariga kora buxgaltåriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi vakillari buxgaltåriya hisobi fanining asosini algåbra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nåmis maktabi vakillari matåmatika, angliya-amårika maktabi vakillari psixologiya dåb qaraydilar. Shu sababli buxgaltåriya hisobi fanining vazifasi, prådmåti, obyåkti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir. Bunday maktablarning bir dåbochasi sifatida yuzaga kålayotgan ozbåk milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali kop vaqt bolgani yoq. Låkin bu qisqa davr ichida råspublikamizda buxgaltåriya hisobi tizimining shakllanib borishida olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan koplab ilmiy, nazariy, amaliy ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan, 1996- yil 30- avgustda buxgaltåriya hisobi tizimining huquqiy asosi hisoblangan Ozbåkiston Råspublikasining «Buxgaltåriya hisobi togri- sida» gi qonuni qabul qilindi. XX asrning oxirlariga kålib, Ozbåkiston Råspublikasi mustaqil tarzda xalqaro bozor maydoniga yuz tuta boshladi. Natijada boshqa sohalar kabi amaldagi buxgaltåriya hisobi tizimida ham yangicha atamalar, fikrlash va qarashlar yuzaga kåldi. Bunday ozgarish va islohotlarga 5 moslashish talabi någizida ananaviy buxgaltåriya hisobi tizimida yangilanish bosqichini tåz va ogishmay amalga oshirish natijasida Buxgaltåriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) shakllana boshlandi. Ho- zirda Buxgaltåriya Hisobi Milliy Standartining 24 ta standarti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Nazariy jihatdan hanuzgacha buxgaltåriya hisobining tashkiliy tuzilishi borasida har xil qarash, goya va fikrlar mavjud bolib, amaliy jihatdan bazi bir muammolarni kåltirib chiqarmoqdaki, uning natijasida xojalik yurituvchi subyåktlarning mablaglarini boshqarish, ularning harakati ustidan nazorat ornatish va aniq malumotlarni olish, hisobini togri tashkil etishda noaniqlik va kamchiliklarga yol qoyilishi asossiz yoqotishlarga olib kålmoqda. Bu amaldagi «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fanini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy usul va uslubiyotlarini yaratishda rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, fanning rivojlanish tarixi hamda istiqbollarini va råspublikamiz iqtisodiyotining oziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu sohada islohotlar va ilmiy izlanishlar olib borishni zaruriy shart qilib qoymoqda. «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fani ham doimiy ravishda yuqorida kåltirilgan omillar tasirida rivojlanib boravåradi. 6 1-chizma. Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimi. Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimi Statistik hisob Opårativ (tåzkor) hisob Buxgaltåriya hisobi Moliyaviy hisob Boshqaruv hisobi 1-bîb. Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanining predmeti va metodi hamda tadqiqot usullari 1. Xojalikdagi hisob turlari va ularning jamiyatni boshqarishdagi orni va ahamiyati Hisobning paydo bolishi båvosita kishilik jamiyatining vujudga kålishi bilan bogliq. Tarixiy malumotlarga kora, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hisobdan foydalanishgan. Qabila boshligi oz qabilasini saqlab qolish uchun qaysi fasl qachon kåladi, qabilasida qancha odam bor, ular uchun qancha oziq-ovqat toplash kårak kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Dastlab hisob qurollari sifatida qol barmoqlaridan foydalanilgan (bazi hollarda bu odatdan hozir ham foydalanamiz). Hozirda ham jamiyatning bir bolagi hisoblangan har bir oilaning oz hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yolga qoyilgan bolsa, osha oilaning turmush sharoiti yaxshi. Bundan korinib turibdiki, hisob insonlarning hayotiy hamkoridir. Jamiyatnining rivojlanib borishi bilan hisob ham takomillashib, fan sifatida yuzaga kåla boshlagan. Hozirgi kunga kålib, hisobning uch turidan joydalaniladi (1-chuzma): 1. Operativ (òåzkor) hisob. 2. Statistik hisob. 3. Buxgaltåriya hisobi. 1-chizmadan korinib turibdiki, sanab otilgan hisob turlarining birligi Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimini tashkil qiladi. Låkin ular vazifalari, tashkil qilishning usul-uslubiyoti kabi bålgilari bilan bir-biridan farq ham qiladi. 7 Operativ (òåzkor) hisob ayrim xojalik operatsiyalari va jarayon- larini bevosita ular sodir bolayotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bolib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bolinmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida malumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Operativ hisob turli-tuman xojalik hodisalarni oz ichiga olib, asosan ishlab chiqarish texnika xususiyatidagi korsatkichlar bilan taminlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish boyicha topshiriqlarning bajarilishi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar ortasida tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi malumotlar bilan taminlaydi. Operativ hisobda olchovlarning hamma turlari moddiy, mehnat va qiymat olchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan korsatkichlar talab qilinmaganligi sababli, unda moddiy, mehnat olchov birliklaridan foydalaniladi. Nazoratning tezkorligini taminlash uchun xojalik operatsiyalari- ning borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak boladi. Shuning uchun operativ hisobning malumotlari iloji boricha osonroq yol bilan qayd qilinishi kerak. Ularni bevosita kuzatish yoli bilan yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yollar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni olish uchun mexanika va avtomatik olchov, tartibga soluvchi asboblar, mos- lamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni bunday tashkil qilish xojalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi. Operativ hisobning malumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki ularning asosiy vazifasi kuzatilayotgan obyektlarda sodir bolayotgan ozgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda operativ hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalaniladi. Lekin bu axborot yetarli darajada togri bolishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bolgan ozgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa chiqarib, xatosiz bolgan boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bolsin. Operativ hisob korxonaning har xil bolinmalari bolimlari, sexlari, omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi. Operativ axborot yordamida menejerlar ishlab chiqarish, foyda boyicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani taminlash va 8 mahsulot sotishsi boyicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy boyliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va borishi haqidagi malu- motlarni olishda foydalanishadi. Operativ hisob korxonaning ishchi kuchi bilan taminlanganligi, uning harakati, xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat olib borish uchun zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa bolin- malarning xodimlari undan malum xojalik qismidagi topshiriqlarning bajarilishining borishi haqidagi malumotlar olishadi. Operativ hisobdan ishlab chiqarish bolinmalarida sodir bolayotgan operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng foydalaniladi. Bu maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Operativ hisobning bazi bir malumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy qismidagina foydalanilmay, balki boshqaruv tizimlarida ham foydalaniladi. Bunday malumotlar umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Operativ hisobotning korsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq xojaligi miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot ishlab chiqarish, xo- mashyo bilan taminlash, ishga kelish, ekish va hosil yigishning borishi haqida va boshqa malumotlar olinadi. Operativ hisobning malumotlaridan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda qayta ishlanadi. Statistik hisob ommaviy xojalik hodisalar togrisidagi malu- motlarni yigish va ishlash tizimidan iborat. Õojalik hisobining bu turi butun xojalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini orga- nishga yonaltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bolayotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foyda- laniladi. Statistik hisob yordamida xojalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat korsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bunga ishlab chiqarish hajmi, ortacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi, osishi va boshqa korsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuv malumotlari tumanlar, viloyatlar va respublika xalq xojaligining ayrim tarmoqlari boyicha umumlashtiriladi. Statistik hisob statistika fani statistika usullaridan foydalanadi. Statistika mustaqil ijtimoiy fan sifatida faqat xojalik hodisalarinigina oz ichiga olmay, balki jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholining soni, tarkibi va 9 harakati, xalq hayotining moddiy hamda madaniy darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi korsatkichlarga erishiladi. Õojalik hodisalari haqidagi malumotlar statistik hisob tomonidan operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Bazi malumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari qayta royxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bolmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng foydalaniladi. Òarmoqlar, xalq xojaligi miqyosidagi xojalik hodisalarini tavsiflovchi malumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va tahlil qilish olingan korsatkichlarni yigish va guruhlash, ortacha sonlar usuli, nisbiy jamlar, indekslar, dinamik qatorlar kabi maxsus usullardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. Statistik hisobning korsatkichlarini hisoblab chiqisdah barcha mavjud olchovlar natura, mehnat va pul olchovlaridan, organilayotgan hodisaning mazmuni va qoyilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xojalik faoliyati ustidan uzluksiz va ozaro bogliq bolgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi yordamida xojalikda mavjud bolgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablaglarining miqdori, boshqa korxona hamda tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida malumotlar olinadi; tayyor- langan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi hamda tannarxi aniqlanadi; xojalik faoliyatining moliyaviy natijalari foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator korsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha olchovlar natura, mehnat va pul olchovlari qollaniladi. Lekin unda pul olchoviga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi korsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul olchovida buxgalteriya hisobining barcha obyektlari, garchi ular natura va mehnat olchovlarida aks ettirilgan bolsa ham, albatta, pul olchovida ifodalanadi. 10 Pul olchov birligi yordamida buxgalteriya hisobi, quyidagi umumlashtiruvchi korsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mabla- glari hajmi, ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar, davr xarajatlari, kozda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, marjinal foyda va boshqalar. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning hujjatlarida barcha xojalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu barcha xojalik jarayonlarining tola tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan biri uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya oldin hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi malumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi malumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish va boshqarish uchun asoslangan malumotlarni olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yakunlangan yigma korsatkichlarni olish uchun yigilgan malumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalarning butun xojalik faoliyatini uzluksiz va ozaro boglangan holda aks ettirilishini taminlaydi. Buxgalteriya hisobining malumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda malum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi boyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbayi sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator korsatkichlari umumlashgan korinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda qollaniladi. Umumlashgan korsatkich- larning bir guruhi faoliyatni baholashda kopincha buxgalteriya hiso- bining malumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi ozaro bogliq bolgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun olchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini oz ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida qollaniladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat boladi. Õojalik hisobining har bir turi operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar hamda respublika boshqaruv jarayonida malum rol oynaydi. 11 Hisobning ozaro chambarchas boglangan uchta turi xalq xojalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning togri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi. Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy malu- motlaridan keng foydalanadi. Statistik hisob malumotlaridan barcha tarmoqlar va xalq xojaligini boshqarish uchun zaruriy materiallar sifatida foydalaniladi. Oz navbatida buxgalteriya hisobi ham kop hollarda statistik hisobning usul va malumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalarini bajarilishi korsatkichlaridan foy- dalaniladi. Õojalik hisobi uch turining ozaro bogliqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan taminlanadi. Yagona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi malumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob korsatkichlaridagi qarama- qarshiliklarni bartaraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. Õojalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi. Dastlabki malumotlarni yigish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. Shuni takidlash lozimki, xalqaro standartlarga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda olim va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga kor- korona yondoshayotganlari yoq. Lekin xorijiy mamlakatlarining amaliyotini organish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish Ozbekiston Respublikasida xojalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Xojalik hisobida quyidagi olchov birliklaridan foylalaniladi: 1. Natura olchovi. 2. Pul olchov birligi. 3. Måhnat olchov birligi. 1. Natura olchov birligi tåzkor hisobda, statistik hisobda, buxgal- tåriya hisobining analitik hisobida kång qollaniladi. Bu olchov birligi bir turdagi buyumlar hisobi uchun kårak boladi. Masalan, bolalar 12 oyoq kiyimini, muzlatkichlar soni, gazlama måtri va hokazo (måtr, kg, dona, juft, litr va h.k). 2. Pul olchov birligi xojalik jarayonlari va vositalarini yagona olchovda (pulda) umumlashtirishda qollaniladi, yani barcha mab- laglar qiymat olchov birligida ifodalaniladi. 3. Måhnat olchov birligi esa biror bir statistik yoki xojalik mah- sulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bolgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va hokazolarni aniqlashda qollaniladi. Savdo korxonasida esa malum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda kårak boladi. Måhnat olchov birligi xodimlar bilan måhnat haqi yuzasidan hisob- kitoblarni olib borishda ham ahamiyatlidir. Måhnat olchov birliklari natura olchov birliklari bilan birgalikda måhnat unumdorligini bildiradi. Buxgaltåriya hisobi iqtisodiy fanlardan biri bolib, uning nazariyasi buxgaltåriya hisobini tashkil etish tåxnikasi, prådmåti va usulini orgatadi. Bu fan xojalik tarmoqlarida buxgaltåriya hisobini yuritish usullarini organib, umumlashtirib, uning ilgor usullarini joriy etish bilan shu- gullanadi. Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgaltåriya hisobini yuritish usullarining ilgor shakllarini xojalik tarmoqlariga joriy etish yollarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi. Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham xojalikdagi hisob turlariga talab mavjud bolgan. Chunki xojalik hisobi insoniyat uchun zarur bolgan iståmol buyumlari, kiyim-kåchak, oziq-ovqat va bosh- qalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish dåmakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bolayotgan voqåa va hodisalarni ku- zatish, jamiyatda mavjud bolgan måhnat buyumlari, måhnat qurol- larini hamda måhnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur boladi. Xuddi shu vazifani esa xojalik hisobi bajaradi. Tovar ayirboshlash davrida xojalik hisobi ahamiyati kopaydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalånt talab etiladi. Umumiy ekvivalåntga esa faqat hisob-kitobni tashkil etish, togri yurgizish orqa- ligina ega bolish mumkin, yani almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy måhnat miqdorini aniqlash kårak boladi. Ishlab chiqarish kångaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini osishi natijasida xojalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kålgan xojalik hisobi ahamiyati oshgan, jamiyatning hamma sohalarida mulklarni hisobga 13 olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatni boshqarish xojalik hisobi orqali olingan malumotlar asosida olib boriladi va tågishli qaror va qonun hamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xojalik faoliyati boshqariladi. Xojalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) xojalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bolayotgan xojalik jarayonlarini kuzatib borish; b) kuzatish orqali olingan malumotlarni miqdoriy korsatmalarda ifodalash; d) korxona, tashkilot, muassasa xojalik faoliyatlarini kuzatish natija- larini maxsus hujjatlarda qayd etish; e) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan malumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xojalik jarayonlari ustidan nazorat ornatish va ularga tasir etish. Xojalik hisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman butun xojalikning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kålgusidagi råja korsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Buxgaltåriya hisobi tizimining rivojlanish tarixi Rus olimi Ya.V. Sokolov ozining «Èñòîðèÿ ðàçâèòèÿ áóõãàë- òåðñêîãî ó÷¸òà» nomli asarida buxgaltåriya hisobining paydo boli- shini quyidagi uch qarashga boladi: 600 yil oldin, xojalik hayotidagi maqsadli jarayonlarning royxatga olinishi natijasida; 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining kitobi chiqishi bilan; 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bolishi bilan. 1 Garb mamlakatlarida «Buxgaltåriya hisobi tadbirkorlik tili» dågan ibora mavjud. Bundan korinib turibdiki, oddiy tadbirkordan tortib to korxona rahbarigacha «Buxgaltåriya hisobi» fanini organishi va uning asosiy usul hamda uslubiyatini ozlashtirib olishi bugungi kun talabidir. Buxgaltåriya hisobi iqtisodiy siyosatni shakllanishining asosiy bo- gini, korxona kapitali aylanishini boshqarish va ishlab chiqarish xojalik faoliyatini tartibga solishda hisob malumotlarni yigish hamda bir tizimga kåltirishda yagona måxanizm hisoblanadi. 1 Ñîêîëîâ ß.Â. Î÷åðêè ïî èñòîðèè áóõãàëòåðñêîãî ó÷åòà. Ì.: Ôèíàíñû è ñòàòèñòèêà, 1991. 14 Buxgaltåriya hisobini tugilish davri Italiya diyori bilan bogliqdir. Jamiyatda ikkiyoqlama yozuvni paydo bolishi buxgaltåriya hisobini rivojlanishiga asos boladi. XIIIXIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo boldi va Shimoliy Italiyaning bir nåcha savdo markazlarida undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qolyozmalarga kora ikkiyoqlama yozuv 1340 yili paydo bolgan. Yana boshqa manbalarga kora bundan ham oldinroq Fransiyaning Shampan viloyati savdo firmalarida (12991300) ikkiyoqlama yozuvdan foydalanilgan. Ikkiyoqlama yuzuvda fransuz monaxi Luko Pacholi asos solgan. U «Schyot va yozuvlar togrisida risola» nomli asarida (1494) hisob yozuvlariga oid tushunchani ochib bårdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi. Buxgaltår lavozimini birinchi bolib, Insburk schyotlar palatasininng ish yurituvchisi Xristofor Shtåxår olgan, bu borada impårator Mak- similian I ning 1498- yil 13- fåvralda chiqargan buyrugi Våna davlat muzåyida saqlanmoqda. Buxgaltåriya hisobi boyicha darslik birinchi marta XIX asrda Ros- siyada paydo boldi. 1931- yili K.Klarko va N. Nåmchinnovlar tomonidan «Schyot ilmi» nomli oquv qollanma nashr etildi. 1710- yilda Rossiya hukumatining «Harbiy va boshqa ishlar boyicha xabarnoma» gazåtasida birinchi bor «Buxgaltår» sozi paydo boldi. Bu davrda Rossiyada Pyotr I tomonidan harbiy islohatlar otkazilayotganligi munosabati bilan hisob va nazoratga juda katta etibor bårilayotgan edi. Korinib turibdiki, Buxgaltåriya hisobi fan va mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq otmishga ega. Shu yårda orinli savol tugulishi mumkin. Ozbåkistonda qachon buxgaltåriya hisobi shakllana boshlagan? Buxgaltåriya hisobi nafaqat Gårmaniya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlari balki, Orta Osiyoning markazi hisoblangan bizning diyorimizda XV asrda shakllana boshlagan. Uning ilk bor kurtak otishi Amir Tåmur tomonidan hisob daftarini yurituvchi shaxslar yozuvchilarni (kotiblarni) tayinlagani bilan bogliq. U ozining «Tåmur tuzuklari» nomli asarida shunday dåb yozadi: «Saltanatning har bir idorasida boladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin». 1 1 A. Sotivoldiåv va boshqalar.Buxgaltåriyaning izohli lugati T.: «NORMA» 2010. 15 Yana bir rivoyatda keltirilishicha Amir Tåmur lashkarlarining har biri jangga kirishidan oldin katta idishga bittadan tosh tashlagan va jangdan eson-omon qaytgan jangchi yana bitta toshni idishdan olgan. Dåmak, idishda qolgan toshlar soni jangda halok bolgan jangchilar sonini bildirgan. Bu oddiy hisob-kitob buxgaltåriya hisobining bir usulini ifodalaydi. Yani, «Kirim chiqim = qoldiq». Kåltirilgan misollardan korinib turibdiki, bizda ham buxgaltåriya hisobi boshqa davlatlar kabi oz tarixiga ega ekan. Råspublikamizning hisob tizimida buxgaltåriya hisobini fan sifatida shakllanishi va bugungi kunda mustaqil milliy buxgaltåriya hisobi tizimini paydo bolishida profåssor S.B.Qodirxonovning qoshgan hissasi juda kattadir. Ayniqsa «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fanini rivojlanishida domlaning måhnati kopdir. S.B.Qodirxonov birinchilardan bolib, 1970- yilda «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» nomli darslikni rus tilidan ozbåk tiliga tarjima qildi, 1976- yilda «Sanoatda buxgaltåriya hisobi» nomli darsligi ozbåk tilida bosmadan chiqdi. Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda 1993- yilda bu darslik qayta nashr qilindi. Buxgaltåriya hisobining asosi hisoblangan «Buxgaltåriya hisobi na- zariyasi» fani va uning usullari borasida hozirda ham har xil tushuncha va qarashlar mavjud. Masalan, Rossiyalik olim Yu.A. Babayåvaning fikricha: «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi buxgaltåriya hisobi tizimini nazariy, uslubiy asosini organish va uni tashkil qilish boyicha amaliy tavsiya bårishdir». 1 Bizning fikrimizcha: «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi bu buxgal- tåriya hisobining alifbosi bolib, u buxgaltåriya hisobining jamiyatdagi orni, prådmåti, obyåkti va usullari boyicha nazariy tushuncha båruvchi fandir». 3. Õojalik jarayonlari Òurli mulkchilik shakllarda faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi oz faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda taminot jarayonini bosib otishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir-birlarining ornini egallaydi va shu bilan korxonada mablaglarning uzluksiz aylanishini hosil qiladi. 1 Þ.À. Áàáàåâà è äð. Áóõãàëòåðñêèé ôèíàíñîâûé ó÷åò: Ó÷åáíèê äëÿ âóçîâ Ì,: Âóçîâñêèé ó÷åáíèê ÂÇÔÝÍ. 2010. 16 Mablaglar aylanishidagi asosiy bosqich Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling