Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va


Download 12.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.10.2023
Hajmi12.2 Kb.
#1713179
Bog'liq
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
KEMA HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH VA
ULARNING MALAKASINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Transport sohasida davlat boshqaruvi
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 1 fevraldagi PF-
5647-son
Farmoniga
va «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada
takomillashtirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida» 2019- yil 10- apreldagi
PQ-4276-son
qaroriga
muvofiq kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibini
joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi to’g’risida nizom
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
a) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish quyidagilar tomonidan
amalga oshiriladi:
O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ― I, II va III guruhlarga kiruvchi
kemalar bo’yicha;
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ― kichik hajmli
kemalar bo’yicha;
O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati CHegara qo’shinlari ―
o’ziga tegishli I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar hamda kichik hajmli kemalar
bo’yicha;
b) I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar va (yoki) kichik hajmli kema
haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyat
bo’yicha berilgan litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga
oshirilishi mumkin;
v) avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari 2020 yil 31 dekabrga qadar
haqiqiy hisoblanadi.
3. O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi
hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari:
a) ikki oy muddatda:
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda
kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
bo’yicha namunaviy o’quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda
tasdiqlasin;
kema haydovchisi guvohnomalarining blankalarini O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasida tayyorlashni tashkil


2
etsin;
b) amaldagi kema haydovchisi guvohnomalarini kema haydovchilarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish natijalari bo’yicha almashtirsin;
v) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi to’g’risidagi
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining birinchi o’rinbosari A.J. Ramatov, transport vaziri E.M. Ganiyev, favqulodda
vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov va Davlat xavfsizlik xizmati
Chegara qo’shinlari qo’mondoni S.E. Xusanov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasining
Bosh vaziri
A. ARIPOV
Toshkent sh., 2020- yil 4- iyul’, 421-son

Download 12.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling