Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
Download 12.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI KEMA HAYDOVCHILARINI TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2019 yil 1 fevraldagi PF- 5647-son Farmoniga va «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida» 2019- yil 10- apreldagi PQ-4276-son qaroriga muvofiq kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi to’g’risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilansinki: a) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ― I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar bo’yicha; O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ― kichik hajmli kemalar bo’yicha; O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati CHegara qo’shinlari ― o’ziga tegishli I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar hamda kichik hajmli kemalar bo’yicha; b) I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar va (yoki) kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish sohasidagi faoliyat bo’yicha berilgan litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin; v) avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari 2020 yil 31 dekabrga qadar haqiqiy hisoblanadi. 3. O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari: a) ikki oy muddatda: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha namunaviy o’quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; kema haydovchisi guvohnomalarining blankalarini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasida tayyorlashni tashkil 2 etsin; b) amaldagi kema haydovchisi guvohnomalarini kema haydovchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish natijalari bo’yicha almashtirsin; v) kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari A.J. Ramatov, transport vaziri E.M. Ganiyev, favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari qo’mondoni S.E. Xusanov zimmasiga yuklansin. O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2020- yil 4- iyul’, 421-son Download 12.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling