Keng imkoniyatga ega. Mazkur maqolda matematika darslarida O’rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanishga doir tavsiyalar berilgan


Download 426.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.11.2023
Hajmi426.77 Kb.
#1759043
1   2   3   4
Bog'liq
o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni

www.scientificprogress.uz
 
Page 5
matematikaning yana qanday qismlari bilan aloqadorligi haqidagi savollarga tarixiy 
manbalardan olinadigan javoblarga bog’liq. Bunday savollarga javob berolmaslik, javob 
berishdan bosh tortish fikrlashni taqiqlab qo’yish bilan barobardir. 
Pedagoglar turli davrlarda matematika o’qitishni uning tarix bilan bog’lash va uni 
o’qitishni u yoki bu davlatning ijtimoiy tuzumi va maktablarning umumiy vazifalariga 
qarab belgilaganlar. 
Vaholanki, milliy o’zlikni anglash jarayonida tarixiy materiallarni o’rganish 
xozirgi davrda muhim ahamiyatga ega. 
Shu sababli matematika darslarining samaradorligini oshirishda O’rta Osiyolik 
olimlar ijodidan foydalanish muammosini tadqiq etishni hamda tarixiy tushunchalarni 
shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslarini yaratishga e'tibor qaratdik. 
Boshlang’ich sinf uchun darslik va o’quv qo’llanmalari (K.Qosimova, 
R.A.Mavlonova), o’qituvchilar uchun qo’llanmalar (A.M.Pishkalo, N.B.Istomina, 
L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbaeva, M.Jumaev) va o’quvchilar uchun, tajriba-sinov 
qo’llanmalari (A.Ahmedov, M.Jumaev, N.Abduraxmonov, R.Ibragimov), mualliflari 
qo’llanmalari (o’quv materiallari) orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining fikrlash 
qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga to’xtalib o’tishgan. Didaktika va ta'lim 
metodikasining xususiy masalalariga bag’ishlangan ishlarda dars samaradorligini 
oshirishda O’rta Osiyolik olimlar ijodidan foydalanish muammosi umumiy holda 
ko’zda tutiladi. Biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
2
O’qitish, o’rgatish jarayonining o’ziga xos xususiyatlar qonuni hamda metod va 
tamoyillari didaktik, ilmiy - nazariy jihatdan o’rganildi. 
Didaktik shart-sharoitlarni aniqlash quyidagicha guruhlanadi: 
Birinchi guruhga oid shart-sharoitlarga amal qilish faoliyat motivini 
shakllantirishni ta'minlaydi: 
a) bilish ehtiyojini shakllantirish; 
b) ustivor bilishga qiziqishini tarbiyalash. 
Ikkinchi guruhga amal qilishda ta'lim jarayonini o’z-o’zini boshqarish asosida 
bilimlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlashdan iborat o’z yetakchi 
maqsadga ega: 
a) o’zlashtiriluvchi axborotni qayta ishlash bilan bog’liq intelektual uquvni 
shakllantirish; 
b) ta'lim jarayonida rejalashtirish, o’z-o’zini tashkil etish va o’z-o’zini nazorat 
qilishni amalga oshirish o’quvini shakllantirish. 
Uchinchi guruhga faol o’quv jarayoniga ham bir o’quvchini olib kirishni ko’zda 
tutadi: 
a) ommaviy ishlarda individual yondashuvni amalga oshirish; 
b) o’quvchilarning o’quv, bilish faoliyatini nazorat etish . 
2
 
www.ziyonet.uz
  


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 426.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling