Tarixiy jarayonlarni modellashtirish tajribasi. - Tarixiy tadqiqotlarda jarayonlarni modellashtirish usulidan foydalanish masalasi bahsli mavzu hisoblanib, tarixchilarning asosiy qismi o’tmish bilan bog’liq faktlarni aniqlash va o’rganishni asosiy maqsad qilib qo’yadilar. Tarixiy manbalar spetsifikasi inson faoliyatining alohida tomonlari bilan bog’liq faktlarni aniqlashga imkon beradi(arxeologik topilmalar madaniyat darajasi haqida, yilnomalar harbiy-siyosiy voqealar to’g’risida), shuning uchun bunday bir tomonlama ma’lumotlar bazasida o’tmish voqealarini tasvirlash mumkin emas. Imitatsion modellarning tarqalishiga yana bir to’siq ularning Monte-Karlo metodiga asoslanganligidir, ya’ni hodisa ehtimoli tushunchasini o’z ichiga oladi.
Tarixchilar esa faqat aniq va konkret faktlarga tayanishga o’rganganlar.Shunga qaramay tarixiy voqealarni tadqiq qilishda fizik modellashtirish usullaridan foydalanib kelinmoqda.Xususan , arxeologlar azaldan o’z tadqiqotlarida modellashtirishdan keng foydalanadilar. Masalan, 1922 yilda Shveytsariyada tosh va bronza asrlariga taalluqli odamlarning yashash joylari rekonstruksiya qilingan. Keyinchalik ham arxeologlar qadimiy manzilgohlarning modellarini qurib, ularda yashaganlar, mehnat qurollari yasab, xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar. - Tarixchilar esa faqat aniq va konkret faktlarga tayanishga o’rganganlar.Shunga qaramay tarixiy voqealarni tadqiq qilishda fizik modellashtirish usullaridan foydalanib kelinmoqda.Xususan , arxeologlar azaldan o’z tadqiqotlarida modellashtirishdan keng foydalanadilar. Masalan, 1922 yilda Shveytsariyada tosh va bronza asrlariga taalluqli odamlarning yashash joylari rekonstruksiya qilingan. Keyinchalik ham arxeologlar qadimiy manzilgohlarning modellarini qurib, ularda yashaganlar, mehnat qurollari yasab, xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar.
Imitatsion modellashtirish metodikasi. - Kompyuter modelini yaratish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
- 1. Muammoni belgilash va tadqiqot masalasining qo’yilishi
- 2.Modelning og’zaki, matematik-mantiqiy, grafik blok-sxema ko’rinishidagi ifodasini ishlab chiqish 3. Modelni algoritmik tildagi kompyuter dasturiga o’girish. 4. Dasturni sozlash (tahrirlash, xatolarni to’g’irlash) 5. Validatsiya (Modelning o’zi aks ettiruvchi real tizimga mosligini tekshirish). 6. Boshlang’ich berilganlarni tayyorlash. 7. Mashina eksperimentini rejalashtirish. 8. Modelni sinovdan o’tqazish (dasturni kompyuterda bajartirish va natijalarni olish). 9. Natijalar tahlili. 10. Natijalarni xujjatlashtirish va ularni nashrga tayyorlash
Do'stlaringiz bilan baham: |