Кенжаев Икром Эргашбоевичнинг иқтисод фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган “Хорижий инвестициялардан фойдаланиш самарадорлигини оширишнинг минтақавий хусусиятлари (Наманган вилояти мисолида)” мавзусидаги 08


Download 15.49 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi15.49 Kb.
#1591826
  1   2   3
Bog'liq
Бараталиева Рахбар хулосаси


Namangan davlat universiteti 5А230102 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʼyicha) magistratura yoʼnalishi magistri Baratalieva Jamila Odiljon qizining “Byudjet daromadlarini koʼpaytirish yoʼllari” mavzusidagi dissertatsiya ishiga ilmiy rahbar


XULOSАSI
Soliqlar davlat va mahalliy budjetlar daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi va budjetning xarajatlar qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy taʼsir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Soliqlar davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan iqtisodiy sohasidagi faoliyatida, davlat budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarining shakllanishini taʼminlashda, iqtisodiyotni tartibga solishda va boshqarishda alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarali soliq siyosati, uning iqtisodiyot taraqqiyoti ravnaqi uchun muhim mexanizm ekanligi, shuningdek, soliq siyosatidagi shiddatli islohotlarning borishiga, bu sohaga oid soliq amaliyotidagi tizimli o‘zgarishlarni real baholashni belgilab beradi. Shu nuqtai-nazardan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida yangi talablar asosida davlat budjeti daromadlari barqarorligini taʼminlashda soliqlar taʼsirchanligini oshirish masalalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirgan Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishida muhim vazifa etib «soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish» byelgilandi.
Tadqiqot obʼekti va predmeti. Tadqiqot obʼekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarini oshirish masalalari olingan. Tadqiqot predmeti sifatida davlat budjeti daromadlarini oshirish jarayonida iqtisodiyot subʼektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar olingan.

Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling