Kenjayeva dinoraning adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 24.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi24.84 Kb.
#1801638
  1   2   3
Bog'liq
Презентация2



ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JDPU O`ZBEK TILI VA
ADABIYOTI FAKULTETI 411-GURUH TALABASI
KENJAYEVA DINORANING ADABIYOTSHUNOSLIK
NAZARIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI



Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani
turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz
yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan… 
Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi
yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n
beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz
topish uchun necha zamonlar qozonni
suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi.


Abdulla Qahhorning "O'g'ri"hikoyasining
tahlili
.“O‘g‘ri” da ham oddiy
xalq hayotidan biri Qobil bobo. U asarda jabrdiyda
chol bo‘lib tasvirlanadi. “Dahshat” hikoyasidagi dodho bilan bir
zamonda yashasada, biroq undan farqi katta. Dodho boy-badavlat,
sakkizta xotini bo‘lishi
bilan
birga, aql-farosati ham joyida zulmkor shaxs bo‘lib tasvirlanadi.
“O‘g‘ri” qahramoni haddan tashqari go‘l, nodon odam, uning faolligi
ham aslida nodonlik, go‘llik oqibati; u o‘z raqiblariga qarshi turish,
ularni dushman deb bilish o‘rniga, ularga o‘zini
yaqin oladi
, dushman
bilan do‘st tutinadi, ulardan yaxshilik kutadi, ularning ketidan tinmay
yuguradi. Qobil boboning eng qaltis, ayanchli
vaziyatdagi holati ham
,
najot yo‘lidagi faol xatti-harakatlari ham kitobxonga kulgili bo‘lib
tuyulaveradi.


• ABDULLA QAHHORNING “ÓG’RI” HIKOYASIDAGI 
MAQOL VA FRAZEOLOGIZMLARNING TARIFI


"O'G'RI" HIKOYASI CHUQUR MA'NOGA EGA ASAR. BU 
ASARDA O'ZGALARNING KULFATLARI, BAXTSIZLIGI
ORQALI KUN KO'RADIGAN AMALDOR OBRAZI
YPRITIB BERILGAN. QOBIL BOBO XO'KIZINI TOPAMAN
DEB AMALDORLAR TOMONIDAN TALANISHI, 
XONAVAYRON QILINISHI KO'RSATILGAN. O'G'RI
OBRAZI XALQ MOLINI KUPPA-KUNDUZI TALOVCHI
AMALDORLARNI ANGLATADI. BIR HO'KIZ
YO'QOLGANIDAN ELLIKBOSHI, YUZBOSHI, AMIN, 
MINGBOSHI KABILAR MANFAAT KO'RGANLAR. BU 
JARAYONDA YO'QOTGAN INSON YANADA KO'PROQ
ZARAR KO'RGAN.



OSMON YIROQ, YER QATTIQ (MAQOL).
SOTIBOLDINING XOTINI OG‘RIB QOLDI. SOTIBOLDI KASALNI O‘QITDI 
-
BO‘LMADI, TABIBGA KO‘RSATDI. TABIB QON OLDI, BETOBNING KO‘ZI 
TINIB, BOSHI AYLANADIGAN BO‘LIB QOLDI, BAXSHI O‘QIDI. ALLAQANDAY
BIR XOTIN KELIB, TOLNING XIPCHINI BILAN SAVALADI, TOVUQ SO‘YIB 
QONLADI. BULARNING HAMMASI, ALBATTA, PUL BILAN BO‘LADI. BUNDAY 
VAQTLARDA YO‘G‘ON CHO‘ZILADI, INGICHKA UZILADI.
SHAHARDA BITTA DOKTORXONA BOR. BU DOKTORXONA TO‘G‘RISIDA 
SOTIBOLDINING BILGANI SHU: SALQIN, TINCH PARKDA, DARAXTLAR 
ICHIGA KO‘MILGAN BALAND VA OQ IMORAT: SHISHA QABZALI KULRANG 
ESHIGIDA QO‘NG‘IROQ TUGMASI BOR. CHIGIT PO‘CHOQ VA KUNJARA 
BILAN SAVDO QILADIGAN XO‘JAYIN ABDUG‘ANIBOY OMBORIDA QULAB 
KETGAN QOPLAR OSTIDA QOLIB ULADIGAN BO‘LGANIDA BU 
DOKTORXONAGA BORMAY SIM*GA KETGAN EDI.


BU O‘TGAN XX ASRNING DASTLABKI YILLARI EDI. CHOR ROSSIYASI
TOMONIDAN BOSIB OLINGAN O‘LKAMIZNING IQTISODIY, MADANIY
HAYOTI PAROKANDA HOLGA KELTIRILGAN BU DAVRDA AHOLI NIHOYATDA
QASHSHOQ HOLDA HAYOT KECHIRAR, YURTIMIZNING AKSARIYAT
BOYLIKLARI CHETGA TASHIB KETILARDI.
HIKOYADA IQTISODIY-MADANIY QOLOQLIKNING YANA BIR FOJIALI
OQIBATI – JOHILLIK QUYUQ BO‘YOQLARDA AKS ETTIRILADI.
DEMAK, BEMOR FAQAT SOTIBOLDINING XOTINI EMAS EKAN-DA! BUTUN
JAMIYAT BEMOR – XASTA, NAJOTGA ZOR, TUZALISHGA MUHTOJ EKAN-DA!

Download 24.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling