8-mart-xalqaro xotin-qizlar bayrami qanday kelib chiqqan? Har yili 8-martda Xalqaro xotin-qizlar kuni
Download 223.19 Kb.
|
8-mart-xalqaro xotin-qizlar bayrami qanday kelib chiqqan
8-mart-xalqaro xotin-qizlar bayrami qanday kelib chiqqan?Har yili 8-martda Xalqaro xotin-qizlar kuni (dastlab Xalqaro ishchi xotin qizlar kuni deb atalgan) nishonlanadi.Turli mintaqalarda nishonlash asosi umumiy ayollarga hurmat-ehtirom, tushunish va muhabbatdan boshlab, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarini nishonlashga qaratilgandir.Xalqaro miqyosda taniqli feminist, jurnalist va jamoatchilik harakati faoli Gloriya Steynem bu kunni bir paytlar shunday tushuntirgan edi: “Ayollarning tenglik uchun kurash tarixi hech qanday feministik targ‘ibotga yoki biror davlat, tashkilotga tegishli emas, balki inson huquqlari bilan shug‘ullanadigan barcha odamlarning jamoaviy harakatlaridir”.Bu kunning o‘ziga xos ranglari ham mavjud. Xalqaro xotin-qizlar kunini ifoda etuvchi asosiy ranglar uchta: binafsha, yashil va oq ranglar. -Binafsha rang adolat va qadr-qimmatni anglatadi. -Yashil umidni anglatadi. -Oq rang garchi u munozarali tushuncha bo‘lsa-da, poklikni anglatadi. Ranglar 1908-yilda Buyuk Britaniyadagi Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi (WSPU) tomonidan qabul qilingan.1857-yil 8-martda Ayollar sotsial-demokratik tashkilotining chaqirig‘iga binoan Nyu-Yorkdagi to‘qimachilik fabrikasining ayol ishchilari Manhetten ko‘chalarida bo‘sh idish-tovoqlar, kastryulkalar bilan yurib, ayollarning mehnatiga ish haqining pastligi, ish sharoitining yomonligi va erkaklar bilan teng huquq berilishini talab qildi. O‘sha paytda ayollar kuniga 16 soatgacha ishlardi va mehnati uchun juda kam ish haqi olardi. Ungacha 16 soatlik ishga qarshi erkaklar ham bir necha bor qo‘zg‘alon qilgan bo‘lib, buning natijasida 10 soatlik ish kuni va mehnat huquqini himoya qiluvchi tashkilot tuzilishiga erishgan edi. Keyinroq Qo‘shma Shtatlarning ko‘plab fabrikalarida kasaba uyushma tashkilotlari paydo bo‘ldi va erkaklar bu uyushmalar a’zoligiga qabul qilindi.Aslida sotsialistlarning siyosiy harakati sifatida yuzaga kelgan boʻlsa ham bu bayram koʻp mamlakatlar madaniyatiga singib ketgan. Bu mamlakatlar asosan Sharqiy Yevropa, Rossiya va sobiq Sovet mamlakatlaridir.Download 223.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling