Xalqaro xotin-qizlar kuni quyidagi mamlakatlarda rasmiy bayramdir: Afgʻoniston,Angola,Armeniya, Ozarbayjon,Belarus,Burkina Faso,Kambodja, ]Kuba, Gruziya,Gvineya,Eritreya,Qozogʻiston,Qirgʻiziston,Laos, Moldova,Mongolia,Montenegro, Rossiya,Tojikiston, Turkmaniston,Uganda,Ukraina,Oʻzbekiston,Vietnam va Zambia. Faqat ayollar uchun:Xitoy, Makedoniya, Madagaskar, Nepal. Baʼzi mamlakatlarda bu kun rasmiy bayram emas, lekin shunday boʻlsa ham keng nishonlanadi. Bu mamlakatlarga Kamerun,Xorvatiya,Ruminiya,Bosniya va Gersegovina,Serbiya, Bolgariya va Chili kiradi. Hujum (turkiy tillarda— tajovuz, arabcha hujum) — 1920—1930-yillarda sovet Oʻrta Osiyosida olib borilgan va ayollarning mavqeini oʻzgartirish uchun qilingan harakat. Oʻrta Osiyoda koʻpxotinlilik, qizlarni yoshligidan qalin evaziga turmushga berish, ayolni meros qilib berish (erining oʻlimidan soʻng ukasiga), kelin oʻgʻirlash holatlari bor edi.Koʻp ayollar savodsiz edi. 1920-yillarda butun SSSRda ayollarning jamiyatdagi rolini qayta koʻrib chiqish, ularni baʼzi uy ishlaridan ozod qilish, ularga taʼlim olish va erkaklar bilan teng asosda ishlash imkoniyatini berishga qaratilgan siyosat amalga oshirildi. Chunki „Sharq ayollari“ SSSRda ayollarning teng huquqqa ega boʻlmagan toifasi deb hisoblangan. 1927-yil 8-martda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi MK O‘rta Osiyo byurosining birinchi kotibi I.Zelenskiy boshchiligi bilan Samarqandning Registon maydonida minglab o‘zbek ayollari paranjilarini yechdilar, ularni toʻplab, keyin olovda yoqib yubordilar. Shu kuni 10 ming ayol paranjisini tashlagan. Keyingi uch oy ichida yana 90 000 ayol paranjini yechdi. E’tiboringiz uchun rahmar!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |