8-mart-xalqaro xotin-qizlar bayrami qanday kelib chiqqan? Har yili 8-martda Xalqaro xotin-qizlar kuni


Download 223.19 Kb.
bet2/3
Sana26.03.2023
Hajmi223.19 Kb.
#1297486
1   2   3
Bog'liq
8-mart-xalqaro xotin-qizlar bayrami qanday kelib chiqqan

Baʼzi hududlarda bayram oʻzining siyosiy maʼnosini yoʻqotdi va shunchaki erkaklar uchun ayollarga boʻlgan mehrlarini izxorlash uchun fursatga aylandi. Xalqaro xotin-qizlar kuni AQShdagi Onalar kuni va Muqaddas Valentin kunining aralashganiga oʻxshaydi. Lekin boshqa hududlarda BMT aytib oʻtgan boshidagi siyosiy va inson huquqlari mavzulari hali ham kuchli. Bu mamlakatlarda ayollarning siyosiy va ijtimoiy kurashlari tilga olinadi va umid bilan oʻrganiladi. Ayollar qoshiqlarni bo‘sh kastryulkalarga urib, o‘zining noroziliklarini ifoda etib, turli mazmundagi chaqiriqlar va shiorlar aytdi. 

Bu marshda 15 mingga yaqin ayol qatnashdi. Bu hodisa nafaqat Amerika jamoatchiligi, balki butun dunyoning e’tiborini tortdi. Marshdan bir kun o‘tib Herald Tribune (hozirgi The New York Times) gazetasida “Bo‘sh kastryulkalar marshi” sarlavhasi ostida maqola paydo bo‘ldi va butun dunyoga ovoza bo‘ldi. 1857-yil 8-martdan keyin birinchi marta ayollar kasaba uyushmalariga a’zo bo‘ldi. Bundan tashqari, shu kuni Nyu-Yorkning ko‘plab shaharlarida yuzlab ayollar saylov huquqi berilishini talab qilib namoyishga chiqdi.

Ayollar uchun maxsus bir kunni tanlash haqida ilk bor 1909-yilda soʻz yuritilgan. Bu tashabbusni AQSH sosialistik partiyasi ilgari surgan. Biroq 1910-yilda Daniya poytaxti Kopengagenda boʻlib oʻtgan sosialist ayollar konferensiya- sida germaniyalik Klara Setkin ayollar uchun biror kunni belgilash tashabbusi bilan chiqadi va bu qoʻllab-quvvatlanadi. Ammo ma’lum bir sana tanlanmaydi.

Ayollar kunini belgilash birinchi marta 1911-yilning 19-martiga toʻgʻri keladi. Shu kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada millionlab ayollar namoyishga chiqadi. Oʻsha yillarda ayollar kuni ishchilar va faollarining harakatlariga bogʻliq boʻlgan. 1914-yil 8-mart sanasida Berlinda ayollar saylov huquqi uchun namoyishga yigʻildi. Mazkur namoyish ushbu sanada yuz bergan ilk haqiqiy miting edi.

70 yillarning boshlarida Gʻarbdagi ayollar ushbu sanadan oʻz haq-huquqlarini talab qilishda foydalanishga qaror qildi. Ular ijtimoiy-siyosiy tenglikni talab qilib namoyishlar uyushtirishni boshladilar. 1977-yilda BMT boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni (International women’s day) deb e’lon qildi.


Download 223.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling