Sana: Sinf: Fan: Darsning mavzusi: Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi
Download 26.99 Kb.
|
Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi
Sana: _______________ Sinf: _______________ Fan: _______________ Darsning mavzusi: Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi. Birinchi jahon urushining bosh sababi — ikki harbiy-siyosiy guruh o‘rtasida bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib olish uchun boshlangan kurash edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o‘z yovuz maqsadlari yo‘lida ma’naviy tubanlikka ketib, boylik orttirish uchun millionlab insonlami qurbon qilishga bel bog‘ladilar. 1914-yilning iyulida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o‘ldirildi. Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo‘yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya’ni suiqasd yuzasidan o‘tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28-iyulda Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo‘ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29-iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi. Bundan Germaniya hukmron doiralari 1-avgustda Rossiyaga, 3-avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e’lon qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Ayni paytda, Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to‘g‘risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914-yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan „bir parcha qog‘oz“ deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Buyuk Britaniya Belgiyani himoya qilish bahonasi bilan 4-avgust kuni Germaniyaga urush e’lon qildi. Birinchi jahon urushi shu tarzda boshlanib ketdi. 15-avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Germaniya 1914-yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o‘z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarimorolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi. Germaniya qo‘shini generali fon Shliffen yashin tezligida g‘alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko‘ra Germaniya qo‘shini betaraf Belgiya hududi orqali Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya-Fransiya chegarasida to‘plangan Fransiya qo‘shinini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Fransiyaning tashm bo‘lishiga erishishi kerak edi. So‘ngra, qisqa vaqt ichida, Rossiyani ham tor-mor keltirish mo‘ljallangan edi. 3-avgustda shiddat bilan hujumga o‘tgan Germaniya qo‘shini yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi. Marna daryosi bo‘yida Fransiya va Buyuk Britaniyaning birlashgan qo‘shini 1914-yilning sentabrida Germaniya qo‘shiniga qarshi hujumga o‘tdi. Mama jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Buyuk Britaniya va Fransiyaning qo‘li baland keldi. Og‘ir ahvolga tushib qolgan nemis qo‘mondonligi 9-sentabrda butun G‘arbiy front bo‘ylab chekinishga majbur bo‘ldi. Marna jangida erishilgan g‘alaba tufayli, Germaniyaning yashin tezligida g‘alaba qozonish rejasi. 1914-yilgi voqealar Urush 1914-yili ikki frontga bolindi. Asosiy urush voqealari Fransiya va Rossiya hududlarida, yana Balqon (Serbiyada), Kavkaz, Yaqin Sharqda boʻldi (1914-yildan boshlab), Evropa mamlakatlarining mustamlakalarida — Afrika, Xitoy va Okeaniyada ham boʻldi. 1914-yili hamma urushda qatnashgan mamlakatlar urushni nechadir oy ichida hujum orqali tugatmoqchi edi, ammo ular urush bunchalikga soʻzilib ketishini bilmagan edi. Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling