Kenjayeva maftuna tomonidan ishlangan
Download 38.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqGafur Gulom dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tilgan mavzuni Takrorlash
- Yangi mavzuni Mustahkamlash
- Baholash va Rag’batlantirish
- II.O’tilgan mavzuni takrorlash
- III. Yangi mavzu bayoni.
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
- “Ma’lumotlar yig’ish”
II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzuni mustahkamlashda yopiq test olinadi.Savollar quyidagicha bo’ladi: 1.Aruz vazni nimaga asoslanadi? 2.Talmeh san’ati qanday san’at? 3.Tajnis san’ati qanday bo’ladi? 4. Irsoli masal san’ati qanday bo’ladi? 5. Taqte’ nima? III. Yangi mavzu bayoni. Aziz o’quvchilar! Bugun sizlar bilan G’afur G’ulomning hayoti va ijodini o’rganamiz. G’afur G’uom 1903-yilning 10-may kuni azim Toshkentning Qo’rg’ontegi mahallasida, kambag’al oilada dunyoga keldi. U to’qqiz yoshga yetganda otasi vafot etdi. Oradan hech qancha vaqt o’tmay onasidan ham ayriladi. Dastlabki she’riy to’plami 1931-yilda (“Dinamo” nomi ostida ) chop etildi. 1932-yilda esa “Tirik qo’shiqlar” degan ikkinchi to’plami nashr qilindi.1930-1935-yillar oralig’ida liro-epik janrda yaratilgan “Ko’klam” poemasi, “To’y”, “Ikki vasiqa” balladalari to’g’risida ham aytish mumkin.Uning XX asrning 30-yillarida yaratgan “Netay”, “Yodgor”, “Tirilgan murda”, “Shum bola” singari qissalari, o’nlab hikoyalari milliy prozamizning rivojida beqiyos rol o’ynadi. Ikkinchi jahon urushi voqealari, ko’rguliklari G’afur G’ulom qalbida o’chmas iz qoldirdi.Agar u birinchi jahon urushi yillarida bolaligiga borib, urushning butun dahshati va asoratlarini to’liq his qila olmagan bo’lsa, yangi urushni va uni qo’zg’aganlarni ijodkor o’zining shaxsiy, ashaddiy dushmani deb bildi. Shu yilllari shoirning “Sen yetim emassan”, “Oltin medal”, “Kuzatish”, “Vaqt”, “Sog’inish”, “Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak”, “Men-yahudiy” singari tom ma’nodagi mumtoz she’rlari dunyoga keldi. Shoir urush yillarida yozilgan she’rlari jamlangan “Sharqdan kelayotirman” to’plami uchun 1946-yilda Davlat mukofotiga sazovor bo’ladi. 1963-yilda esa “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo’lgan.G’afur G’ulom 1966-yil 10-iyuld kuni og’ir xastalik tufayli vafot etdi. 2003-yilda adib tavalludining 100 yilligi respublikamiz miqyosida keng nishonlandi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlashda “Uchinchisi ortiqcha” usulidan foydalaniladi.Bunda shoir hayotiga bog’liq bo’lmagan bitta ma’lumot ortiqcha bo’ladi.O’quvchilar shuni topishlari kerak bo’ladi. “Uchinchisi ortiqcha” usuli
So’ngra “Ma’lumotlar yig’ish” usulidan foydalaniladi.Bu usul quyidagicha bajariladi. V. Baholash. Darsdagi ishtirokiga ko’ra o’quvchilar baholanadi. VI.Uyga vazifa: G’afur G’ulom hayoti va ijodini o’qib o’rganish. Download 38.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling