Kerakli asbob va moslamalar: Ko’ylak uchun material, tikuv mashinasi, metr, bo’r, qaychi. Nazariy ma’lumot


Download 201.58 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi201.58 Kb.
#131243
Bog'liq
2 5343628396482003969


MAVZU: AYOLLAR MILLIY KO’YLAGI

Maqsad: Ayollar milliy ko’ylagini asos chizma yordamida modellashtirishni o’rgatish.

Kerakli asbob va moslamalar: Ko’ylak uchun material, tikuv mashinasi, metr, bo’r, qaychi.

Nazariy ma’lumot:

Ayollar milliy ko’ylagi asosan gulli gazlamalardan tayyorlanib u havo o’tkazuvchan gigiyenik talabga javob berishi kerak. Ayollar milliy ko’ylagi shakllari aks ettirilgan materiyaldan tikilishi kerak. 15-20 yoshgacha bo’lagan qizlar uchun asosan guldor qizil, sariq rangdagi gazlamalardan tanlanadi. 30-50 yoshdagi ayollar uchun to’q qizil ranglar xush ko’rilmaydi. 50-80 yoshdagi ayollar uchun ko’k, kulrang, oq qora rangli aralash gazlamalar tanlanadi.



Ayollar milliy ko’ylagi (O’zbekcha ko’ylak)

Ayollar milliy ko’ylagi asosan kiyimlar qaysi vaqtda kiyilishiga qarab har-xil gazlamalardan foydalanib tikish mumkin. Umuman ayollar milliy ko’ylagini tikishda ochiq rangli mayda yoki yirik gulli materiallardan foydalansa bo’ladi. Bu materiallar asosan paxta tolasi va ipakdan tayyorlangan bo’lsa bu maqsadga muofiq bo’ladi. Bunday gazlamalar tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lishidan tashqari gigiyenik taraflama ham e’tibor berishimiz kerak.

Ayollar milliy ko’ylagini bezash uchun har xil turdagi bezaklardan foydalanish mumkin, Lekin albatta u ko’ylagimizga mos tushishi kerak. Ko’ylagimizni yoqa chetlari yeng etaklarini chiroyli jiyaklar bilan ham chiroyli qilib bezashimiz mumkin. Bundan tashqari turli ko’rinishdagi firnituralardan ham bezak sifatida foydalansak bo’ladi.

Ishni bajarish tartibi:

1)Ayollar milliy ko’ylagini bichish va tikish.



Ko’ylak uchun o’lcham olayotganda gavda tik tutilgan xolda bo’lishi kerak. Gavdaning asosiy chiziqlarini o’rinlar bo’yin chizig’I, ko’krak chizig’I, bel chizig’I, bo’ksa chizig’I, etak chiziqlari aniqlab olinadi. Bu o’lchamlarning barchasi aylana xolda o’lchanib olinadi va yana bo’y uzunliklari uchun metrimizni uzunasiga pastlab etakgacha bo’lgan uzunlikni olib o’lchaymiz. Yengni o’lchash uchun ham yengning ustidagi bo’rtiq suyak ustidan qo’yib yengning uzun yoni etagiga qarab o’lchab olinadi. Uzun yeng olmoqchi bo’lsak mijozimiz sal bukilgan xolda o’lchanadi. Uzunlik o’lchovlari vertical ko’rinishdagi chiziqlar ustiga qo’yiladi. Ko’ylak o’lchovini olishda quyidagilarga amal qilamiz:

  1. O’lchov gavdaning o’ng tomonidan belgilanadi.

  2. O’lchov olinayotganda gavdani to’g’ri,bosh tutib turish kerak aks xolda olgan o’lchovimiz noto’g’ri chiqishi mumkin.

  3. Uzunlik o’lchovi kenglik va aylana o’lchovlarining barchasi to’liq xolda o’lchab yoziladi.

  4. Uzunlik o’lchovlari to’g’ri yoziladi kenglik va aylana o’lchovlarining esa yarmi o’lchanadi va yoziladi.

Ayollar milliy ko’ylagini andozasini gazlamaga joylashtirish tartibi:

  1. Ko’ylakning etak qismi andozasini gazlamaning buklangan joyiga ko’rsatilgan chok haqqini hisobga olib joylashtirish kerak. Andoza tarafini chizib chiqish kerak.

  2. Etak qismidan yoki yon choki va tikish uchun chok haqqini qoldirib bo’r bilan chizib chiqish kerak.

  3. Koylakning andozasini qolgan hamma qismlari gazlamaga ketma-ket joylashtiriladi. Ularning chetidan chizib chiqiladi va chok qoldirib bo’r bilan chizib chiqish kerak.

  4. Andoza qismlarining gazlamaga to’g’ri joylashtirilganligini tekshirish bo’ylama ipning yo’nalishi, gullari va andoza qismiga chok haqqini to’gri tushurish kerak.













Savollar

  1. Gavdadan o’lchov qanday qilib olinadi ?

  2. O’lchov olayotganda gavda qay holatda bo’lishi kerak?

  3. Uzunlik o’lchovi va aylana o’lchovlari qay xolatda yoziladi?

  4. 15-20 yoshgacha bo’lgan qizkarga qanday rangli gazlamalar taklif qilinadi?

  5. Gazlamalarni bichishda qaysi tomondan andoza qo’yib chizib boshlanadi?

TEST

  1. O’lchov gavdaning qaysi tomonidan belgilanadi?

A)Chap tomonidan *B) O’ng tomonidan C) Orqa tomonidan D) Old tomonidan

  1. O’lchov olinayotganda gavda qanday xolatda bo’lishi kerak?

  1. To’g’ri tutilgan holda bo’lishi kerak

  2. Erkin holda bo’lishi kerak

  3. Yelkalar siqilgan holda bo’lishi kerak

*D)To’g’ri va bo’sh tutilgan holda bo’lishi kerak

3) Gavdadan o’lchov olganda qanday qilib yoziladi?

A) Barcha o’lchovlar to’liq yoziladi

B) Barcha o’lchovlarning yarmi yoziladi

*C) Gorizantal o’lchovlar butun holida vertical o’lchovlar yarmi yoziladi

D) Gorizantal o’lchovning yarmi, vertical o’lchovi to’liq holda yoziladi.

4) O’ta qizil ranglar necha yoshdagi ayollarimizga mos keladi?

A) 50-80

B) 55-80

* C) 30-50

D) 70-80

5) Tukli gazlamadan libos tikishda gazlamaning tuklari qaysi tomonga qaratilib bichiladi?

A) Pastga qaratib

*B) Tepaga qaratib



C) O’ng tomonga qaratib

D) Chap tomonga qaratib
Download 201.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling