«Высота» - Balandlik bandi tanlansa to’g’ri to’rtburchakka hajm berish maqsadida uning eni va bo’yidan tashqari balandligini berish nazarda tutiladi va ushbu parametrning faoliyati ham uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko’rinadi, aks holda ikki o’lchamli plan holidagi chizmalarda ushbu parametr ko’rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Ширина» - Kenglik bandi tanlanganda to’g’ri to’rtburchakning chiziqlari kengligi yoki qalinligi tushuniladi. Bunda kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
T o’gri to’rtburchakning aniq o’lchamlarini, ya’ni eni va bo’yi yoki yuza kattaligida berish uchun, «Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish tugmasi bosilib dastlabki bosh nuqtasi tanlangandan so’ng, ekranga «Второй угол или ↓» - Ikkinchi burchak yoki ↓ degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.
U nda «Площадь» - Yuza, «Размеры» - O’lchamlar, «Поворот» - Burilish buyruq bandlari mavjud.
« Площадь» - Yuza bandi tanlansa yuza qiymati klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. So’ng «Вычислять размеры прямоугольника на основе параметра» - Quyidagi parametrlarda to’g’ri to’rtburchakni hisoblash axborot oynasi chiqariladi. Unda «Длина» - Uzunlik va «Ширина» - Kenglik buyruq bandlari mavjud. Kerakli band tanlanadi va qiymat klaviatura orqali kiritilib, “Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi. Ekranda berilgan qiymat parametrlarga ega bo’lgan to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi.
« Размеры» - O’lchamlar bandi tanlansa ekranda «Длина прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak uzunligi degan axborot chiqadi. Klaviaturadan kerakli qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda, keyingi parametr «Ширина прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak kengligi so’raladi. Unda ham kerakli qiymat klaviatura yordamida kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda ekranda berilgan qiymatlar asosida to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |