Ishni bajarish tartibi:
Servic (xizmat ko’rsatuvchi) dasturlar-utilitlar bilan tarnishing
Fleshka yoki disklarni formatlang
Tayyorlanadigan hisobotning mundarijasi:
1. Laboratoriya ishi nomi va maqsadi.
2. Ish bo’yicha doklad.
3. Bajarilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar.
4. Xulosa.
Nazorat savollari:
1. Xizmat ko`rsatuvchi dasturlarning asosiy maqsadini aytib bering.
2. Xizmat ko`rsatuvchi dasturlarning ishlashida qanday yo'nalishlar mavjud.
3. Xizmat ko`rsatuvchi dasturlarning tasnifini ko'rsating.
Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta’minot bilan, xam tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan bog’langan. Xizmatchi dasturlarning asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va tuzatishdan iboratdir. Ko’p hollarda ular, tizimli dasturlarning funktsiyasini kengaytirishga va yaxshilashga mo’ljallangandir. Ba’zida, bu dasturlar, boshidanok OT tarkibiga kiritilgan bo’lishi mumkin, ba’zida esa ular OT funktsiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |