Keramik materiallar turlari, xossalari va ishlatilishi
Download 26.88 Kb.
|
ҚМБ фанидан лотинча
Keramik materiallar turlari, xossalari va ishlatilishi Keramik materiallar ularning ishlatilish sohalari, zichligi va boshqa parametrlariga ko‘ra turlicha sinflarga bo‘linishi mumkin. Masalan: qayta ishlash sifatiga ko‘ra: Nozik keramika: fayans va yarim fayans Dag‘al keramika: g‘isht, cherepisa, sopol Ishlatilish sohalariga ko‘ra sinflanishi: – qurilish keramikasi; – nozik keramika; – texnik keramika; – olovbardosh materiallar. 1.Qurilish keramikasi: Devoriy keramika: g‘isht, keramik toshlar Qoplash (krovelniy) keramikasi: cherepisa Fasad keramikasi: fasad keramik plitkalar Ichki qovlov keramikasi: pol uchun plitkalar Trubasimon keramika: suv kuvurlari Sanitar keramikasi: umivalnik, unitaz Gʻovakli to‘ldiruvchilar: keramzit, agloporit 2. Nozik keramika Farfor: farfor idishlar, Fayans: fayans buyumlar Mayolika: turli buyumlar Glazurlar: shishasimon qoplamalar 3. Texnik keramika Elektroizolyasion: elektroizolyasiya materiallari Radiotexnika keramikasi: radiotexnika detallari Instrumental: asboblar yasashda 4. Olovbardosh keramika Olovbardosh (1580 - 1770 °C) Yuqori olovbardosh (1770-2000°C) Yuksakolovbardosh (2000-3000°C) O‘taolovbardosh (3000°C dan yuqori) Farfór–keramika turi bo‘lib, suv va gazni o‘tkazmaydi. Yuqori xaroratda olinadi, fayansdan farqli ravishda yupqa qatlamli farfor ma’lum darajada nur o‘tkazadi. Qattiq farfor-tarkibida taxminan 47-66% kaolin, 25% kvars va 25% dala shpati mavjud. Yuqori xaroratda (1400-1460°C) ishlov beriladi. Yumshoq farfor-tarkibida taxminan 25-40% kaolin, 45% kvars va 30% dala shpati mavjud. Qattiq farforga nisbatan pastroq xaroratda (1300-1350°C) ishlov beriladi. Farfor buyumlar g‘ovaksiz bo‘ladi. Natijada namlanmaydi. Farfor ishlab chiqarishda buyumlar 2 marotaba yuqori xaroratda ishlov beriladi. Fayans («faience») juda mayda g‘ovakli keramik materiallar. Tarkibi jixatidan farforga yaqin. Faqat uning tarkibida kaolin miqdori yuqoriroq (85% gacha), shuningdek nisbatan past xaroratda ishlov beriladi (1050-1280°S). Namlik yutish miqdori yuqoriroq bo‘lgani uchun (12% gacha) ular odatda xamisha glazurlanadi. Ular metallurgiya jarayonlarida (eritish, kuydirish, bug‘latish, distillyasiya), pechlar qurishda, yuqori xaroratda ishlovchi agregatlar qismlarini (reaktorlar, dvigatellar, konstruksion elementlar) tayyorlashda ishlatiladi Olovbardosh materiallar Mineral xom ashyo asosida olinadigan va yuqori haroratlarda o‘z fizik-mexanik xossalarini katta o‘zgarishlarsiz saqlab tura oladigan materiallar olovbardosh materiallar deb ataladi Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling