Keramik materiallar va ularning turlari


Keramik mahsulotlar ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolarning oʻrni va foydalanish zarurati


Download 0.8 Mb.
bet2/2
Sana19.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1681040
1   2
Bog'liq
Keramik materiallar va ularning turlari

Keramik mahsulotlar ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolarning oʻrni va foydalanish zarurati
Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar kimyoviy texnologiyasi 3 ta katta sohadan iborat:
Keramika va oʻtga chidamli materiallar kimyoviy texnologiyasi; -Shisha va sitallar (shishadan olinadigan mayda kristall strukturali zich va mustahkam materiallar) kimyoviy texnologiyasi; -Bogʻlovchi moddalar kimyoviy texnologiyasi. Keramika va shishalar asosida olingan material va buyumlar nihoyatda xilma xildir. Ular tashqi koʻrinishi boʻyicha monolit holda olinishi (yigʻma konstruksiya, gʻisht, chinni-sopol, shisha va sitall buyumlari), turli soha- texnika, qurilish va xoʻjalikda ishlatilishi, turli uslubda ishlov olgan boʻlishi va qolaversa turli-tuman kimyoviy tarkibga ega boʻlishi mumkin. Shunday boʻlishiga qaramay keramika va shisha mahsulotlarining deyarli asosiy belgilari, ayniqsa ishlatiladigan xomashyo turi, ishlab chiqarish usuli va texnologik parametrlari jihatidan bir-biriga oʻxshab ketadi. Bunday deyish, albatta, materiallarni kimyoviy tarkibi, ishlash vositalari va usullari bobida hech qanday oʻzgarish yoʻq, degan xulosani keltirib chiqarmaydi. Ammo farq koʻproq, ishlab chiqarilgan materiallarning kimyoviy-mineralogik tarkibi, minerallarning oʻzaro jipslashishi hamda ularga bogʻlik boʻlgan xossalarga kelib taqaladi. Olingan modda kimyoviy muhitga beqaror va barqaror, oʻtga nisbatan bardoshli yoki chidamsiz, xira va shaffof boʻlishi mumkin. Yangi keramika va yangi shisha mahsulotlarining koʻplab ishlab chiqarilishi, ularga jahon bozoridagi talabning kun sayin oshib borishi, ishlab chiqarishning xomashyo bazasini ham kengaytirish zaruriyatini tugʻdirdi. Kaolin, bentonit, dala shpati, qum, magnezit, oxaktosh, dolomit, soda, potash kabi an’anaviy moddalar oʻz mavqeini saqlab qolgan holda xomashyo bazasi koʻp sonli tabiiy va sun’iy birikmalar BeO, Y2O3, A1203, ZnO, SnO,MgO, TiO,, ZrO, Fe2O3, ZnS, BaS, CeS, BeS, CdS, SnO, SiC, TiC, Si3N4, ThO2, TiB2, ZrB2, ZnB2, B4C, BN, TiN, UO2, ThS, UC, WC, US, va hokazolar hisobiga oshdi. Keramika va shisha texnologiyasi tarkibiga kiruvchi xomashyolarni qidirib topish va ular asosida yangi texnologiyalar joriy etish va chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir[1]. Keramik mahsulotlar, xususan sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi 2 qismdan iborat: 1) keramik mahsulotning tana qismini ishlab chiqarish; 2) keramik mahsulotning yuza qismini ishlab chiqarish. Keramik mahsulot tana qismiga gil tuproq, kaolin, dala shpati, kvars qumi ishlatiladi va quyidagi jadvalda keltirilgan.







Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling