Keramik materiallar
Download 23 Kb.
|
1 2
Bog'liqkeramik materiallar
KERAMIK MATERIALLAR Reja:
Keramik materiallar va ularning turlari. Keramik materiallar va buyumlar ishlab chikarish. KERAMIK MATERIALLAR VA ULARNING TURLARI Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qoliplash va kuydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deb ataladi. Qurilishda keramik materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, pechga va tutun trubalarini terish, kanalizatsiya va drenaj qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Keramik buyumlar yasaladigan material keramika texnologiyasida keramik sopolak deb ataladi. Konstruktsiyasi jixatidan mo’ljallangan bo’yicha keramik materiallar va buyumlar quyidagi guruxlarga bo’linadi:
devorbop (g’isht, keramik toshlar, g’ishtdan qilingan bloklar va panellar); tomlar uchun (ichi ko`k toshlar, keramik toshlardan qilingan balkalar, tombop qoplama panellar, cherepitsa); binolar fasadini qoplash uchun (keramik gisht va toshlar, fasad plitkalari); binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar); kanalizatsiya va drenaj trubalari; sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, yuvish bakchalari va boshqalar); kislota bardoshli buyumlar (gisht, plitkalar, trubalar); yul materiallari (gishtlar, toshlar); issiqlik o’tkazmaydigan (g’ovakli ichi bo’sh g’ishtlar va toshlar); yengil betonlar uchun to’ldirgichlar (keramzit, agloporit); olovga bardoshli buyumlar (g’isht va fason buyumlar). Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyolar. Gil tog’ jinslarining mayda dispersiyali fraktsiyasi bo’lib, suv bilan plastik qorishma xosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan keyin tosh qattiqligiga ega bo’lish xususiyatiga ega. Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling