Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja


Download 356.74 Kb.
bet8/11
Sana21.06.2023
Hajmi356.74 Kb.
#1642185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi

Quritish shart sharoitlari. Pishirishdan oldin keramik buyumlar quritiladi. Quritish - keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasida juda mas’uliyatli davr bo‘lib, u to‘g‘ri olib borilmasa buyumda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Odatda buyumlar 5-6% namlikkacha quritiladi.
Keramik buyumlarni quritish jarayoni ashyo tarkibidagi bog‘langan suvning turiga va quritish rejimiga bog‘liq. Quritish davomida eng avval kapillyar naychalardagi mexanik suv ajraladi, so‘ngra ashyoning ichki qavatidagi murakkab birikkan suvlar asta-sekin ajraladi. Natijada zarrachalar orasidagi masofa qisqarib, ashyoning o‘lchamlari va hajmi kichrayadi. Bunday kirishishlar ashyoning ichki va tashqi qismlarida har xil bo‘lib, ma’lum kuchlanishlar paydo bo‘ladi va bu ashyoni yorilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa quritishning boshlang‘ich davri murakkab bo‘lib, bunda mexanik birikkan (kapillyar) suv ajralib, kichrayishi tez boradi.
Kirishishni kamaytirish va ashyoni yorilishdan saqlash uchun plastik tuproqlarga plastiklikni kamaytiradigan qo‘shimchalar qo‘shiladi, ular giltuproq zarralarining bir-biriga jipslashishiga to‘sqinlik qilib, ashyoning g‘ovakligini oshiradi, natijada ashyoning ichki qavatlaridagi suv yuzaga chiqib quritish tezlashadi va kirishish kamayadi.
Quritish jarayonini tabiiy sharoitlarda (saroylarda) olib borish mumkin. Lekin bu ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘lib, ko‘p vaqtni talab qiladi. SHuning uchun hozirgi paytda quritish sun’iy usulda maxsus davriy yoki uzluksiz ishlaydigan quritgichlarda olib boriladi. keramik buyumlar ishlab chiqarishda tunnelli yoki kamerali quritgichlar ishlatiladi. Tunnelli quritgichlar ko‘pincha g‘ishtlarni quritishda qo‘llaniladi, ular qarama-qarshi oqim prinsipiga asoslangan. Qoliplangan buyumlar vagonchalarda tunnel bo‘ylab harakat qiladi, qarama-qarshi tomondan issiq gaz yoki qizdirilgan havo beriladi va uning ta’sirida buyum quriydi. (2.5-rasm) Tunnelli quritgichlarda quritish jarayoni 16 soatdan 36 soatgacha bo‘lishi mumkin. Isitgich gazlarning boshlang‘ich harorati 120-1500S.
Kamerali quritgichlar bir necha kameralardan iborat bo‘lib, har bir kamera issiq havo yoki pechlardan chiqayotgan issiq gazlar bilan qizdiriladi.

Газлар

вагончалар




Download 356.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling