Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi Reja


Download 356.74 Kb.
bet3/11
Sana21.06.2023
Hajmi356.74 Kb.
#1642185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Keramik va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi

YOnadigan qo‘shimchalar yog‘och qirindisi, toshko‘mir kukuni kabilar – keramik buyumlarning g‘ovakligini oshirish bilan birga pishirish jarayoniga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Pishirish haroratini pasaytirish uchun qo‘shimchalar sifatida dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, talk kabilar ishlatiladi.
Keramik buyumlarga chiroyli ko‘rinish berish va tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun ularning sirti yupqa (0,1-0,3 mm) sir (glazur) yoki angob bilan qoplanadi. Sir parda kuydirilgandan keyin shishasimon qoplamaga aylanib, buyumning ko‘rkamligini oshiradi va texnik hamda ekspluatatsion xossalarini yaxshilaydi. Sir (glazur) issiqqa chidamli, mustahkam, qattiq, yuzasi yaltiraydi. Sirning shaffof va bo‘g‘iq, rangsiz va rangli, yaltiroq va xira xillari bo‘ladi. Sir tarkibida kaolin, kvars qumi, dala shpati, bo‘r, dolomit ishqoriy va ishqoriy-er metall tuzlari, bor kislota, bura, qo‘rg‘oshin, rux oksidlari va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Giltuproqning asosiy xossalari
Keramik buyumlar olish uchun ishlatiladigan giltuproqlar quyidagi asosiy xossalar bilan xarakterlanadi: plastiklik, bog‘lash xususiyati, quritish va pishirishda kirishishi, o‘tga chidamliligi.
Plastiklik – loyning tashqi kuchlar ta’sirida yorilmasdan berilgan shaklni olish va shu shaklni saqlab qolish xususiyatidir. Giltuproqdan tayyorlanadigan buyumlarning qoliplanish imkoniyatlari shu xossaga asoslangan.
Quruq giltuproq suv bilan aralashganda suvning molekulalari giltuproqni tashkil qiladigan minerallarning zarrachalariga singib, ularning sirtida suvning yupqa qavatlarini hosil qiladi va giltuproq zarralari ko‘pchiydi. Bu suv qavatlari loyning siljish xususiyatini oshiradi va u yaxshi qoliplanadigan plastik xususiyatga ega bo‘ladi.
Plastiklik darajasi giltuproqning mineralogik tarkibiga, zarralarining katta kichikligi va shakliga bog‘liq. Giltuproqning plastikligi qancha yuqori bo‘lsa, yaxshi qoliplanadigan loy tayyorlash uchun shuncha ko‘p suv talab qilinadi va shu loydan tayyorlangan buyumlarning havo­da kirishishi shuncha katta bo‘la­di. Plastiklik ko‘rsatgichi plastiklik soni orqali quyidagi formula bilan ifodalanadi:
,
bunda W0 va Wyo – mos ravishda oquvchanlik va yoyiluvchanlik chegarasidagi namlik, %.
Plastiklik soni loyning plastik holatini saqlanib qoladigan namliklar intervalini belgilaydi. (2.2-rasm)
Plastikligiga ko‘ra giltup­roqlar 3 guruhga bo‘lingan:
1) Juda plastik giltuproq – Pl >15, bularning suv talabchanligi 28% dan ko‘p bo‘lib, havoda kirishishi 10-15%.
2) O‘rtacha plastikli giltup­roq – Pl 7-15, suv talabchanligi 20-28%, havoda kirishishi 7-10%.
3) Kam plastikli giltuproq – Pl<7 suv talabchanligi 20% dan kam, havoda kichrayishi 5-7 %.
Juda plastik giltuproqdan tayyorlangan buyumlar quritish va pishirish jarayonida hajmida kichrayadi, yoriladi, defor­matsiyalanadi. SHuning uchun faqat shu tuproqlarni ishlatib bo‘lmaydi. Kam plastik (orik) giltuproqlar ham ishlatishga noqulay, chunki ulardan tayyorlangan loyni qoliplash qiyin. SHuning uchun odatda, keramik buyumlar ishlab chiqarishda giltup­roqning plastikligini boshqarishga to‘g‘ri keladi. Giltuproq­ning plastikligi katta bo‘lsa, qo‘shimchalar qo‘shish, yoki kam plastik tuproqlar bilan aralashtirish mumkin.

Download 356.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling