Keramika buyumlari va turlari


PLITKA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI


Download 1.54 Mb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1241274
1   2   3   4
Bog'liq
PREZINTATSIYA 7

PLITKA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI

Polbop keramik plitkalar.

Fasadli plitkalar sirlanmagan yoki sirlangan bo’lishi mumkin. Sir sifatida shaffof bor- yoki bor-qo’rg’oshinli va bo’g’iq kalstiy-fosfatli, kalstiy-fosfat-stirkoniyli yoki stirkoniyli moddalar ishlatilishi mumkin. Kerakli rang hosil qilish uchun esa oz miqdorda pigment qo’shiladi.

Fasadli plitkalar sirlanmagan yoki sirlangan bo’lishi mumkin. Sir sifatida shaffof bor- yoki bor-qo’rg’oshinli va bo’g’iq kalstiy-fosfatli, kalstiy-fosfat-stirkoniyli yoki stirkoniyli moddalar ishlatilishi mumkin. Kerakli rang hosil qilish uchun esa oz miqdorda pigment qo’shiladi.

Sopolli ichki pardozlash plitkalari olishda quyidagi tarkibga ko’ra komponentlar ajratib olinadi: plastik materiallar- 45 - 50% (20% kuydirilmagan va boyitilmagan kaolin, 25-30% plastik giltuproq) va noplastik materiallar 55-50% (15-25% kuydirilgan kaolin, 15-25% kvarst qumi, 5% dala shpati va 10% talk yoki vollastonit). Massa tarkibiga talk va vollastonitni kiritish orqali kuydirish jarayonida ro’y beradigan siqilishning maksimal kamayishiga erishiladi. Bu faktor plitkalarni tezkor usulda kuydirish imkonini beradi.

 

 

Plitkalarning xossalari

Polbop keramika plitkalarining suv shimuvchanligi 4% dan oshmasligi, yoyiluvchanligi 0,1 g/m2 dan past bo’lishi zarur. Kislotaga chidamlilik 97-98% atrofida bo’ladi.

Fasad plitkalarining turlari, o’lchamlari va xossalari ham standart talablariga mos bo’lmog’ligi lozim. Ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 75, 100 va 150 kg/sm2, egilishdagisi esa 12, 16 va 28 kg/sm2dan kam bo’lmasligi zarur. Gilam nusxa fasad plitkalarining sovuqqa chidamliligi ularni muzlatib va eritib sinab ko’rilganda, ular kamida 25 ta shunday stiklga yorilmay bardosh berishi lozim. Ularning 1 m2 ga mos keladigan og’irligi 6-8 kg atrofida bo’lmog’ligi darkor.

Ichki koshinlash materiallari tashqi ko’rinish va sirlangan yuza sifatiga qarab 3 sortga ajraladi. Ularning suv yutuvchanligi yuqori bo’lib, bu raqam 16% dan oshmasligi kerak. Ularning suv shimuvchanligi va issiqqa chidamliligi standart talablariga mos bo’lishi zarur. Plitkalarning issiqqa chidamliligini bilish uchun u 100°C gacha qizdiriladi va temperaturasi 18-20°C bo’lgan suvga tushirilib tez sovitiladi. Shu vaqtda plitka yuzasidagi sir qatlami darz ketmasligi lozim. To’g’ri to’rtburchak va kvadrat shaklli plitkalar muntazam geometrik shaklda bo’lishi, to’g’ri burchakdagi xato 0,5 mm dan oshmasligi shart. Plitkalar yuzining qing’irligi birinchi sort uchun 1,0 mm dan oshmasligi ham talab qilinadi.


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling