Ichki koshinlash materiallari tashqi ko’rinish va sirlangan yuza sifatiga qarab 3 sortga ajraladi. Ularning suv yutuvchanligi yuqori bo’lib, bu raqam 16% dan oshmasligi kerak. Ularning suv shimuvchanligi va issiqqa chidamliligi standart talablariga mos bo’lishi zarur. Plitkalarning issiqqa chidamliligini bilish uchun u 100°C gacha qizdiriladi va temperaturasi 18-20°C bo’lgan suvga tushirilib tez sovitiladi. Shu vaqtda plitka yuzasidagi sir qatlami darz ketmasligi lozim. To’g’ri to’rtburchak va kvadrat shaklli plitkalar muntazam geometrik shaklda bo’lishi, to’g’ri burchakdagi xato 0,5 mm dan oshmasligi shart. Plitkalar yuzining qing’irligi birinchi sort uchun 1,0 mm dan oshmasligi ham talab qilinadi. Nafis keramika tushunchasi. Nafis keramika buyumlari qatoriga bir tarkibli va zich strukturali pishgan yoki mayda zarrachali (mayda g’ovakli) sopollakka ega bo’lgan va keramika texnologiyasi asosida olingan buyumlar kiradi. Bunday buyumlar “qo’pol” keramika buyumlaridan sopalagining kesimida ko’z ilg’ab oladigan ko’p tarkibli strukturaning yo’qligi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |