Kesimli yenglarga ishlov berish


Download 26.5 Kb.
Sana07.11.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1753456
Bog'liq
13-2 amaliy

AMALIY MASHG’ULOT № 13-2




Mavzu: Erkaklar ko‘ylagining namunasini tayyorlash.


Kesimli yenglarga ishlov berish


Kesimi ag’darma chokli yenglarning tirsak choklari tikilayotganda kesim qirqimlari ham 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib biriktiriladi.
Yeng ost bo’lagidagi kesim chok haqining yuqori va pastgi burchaklari baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kertib qo’yiladi. Tirsak choki yorib dazmollanadi. Ochiq kesimli yenglar tayyorlashda ust bo’lag kesim haqqini o’ng tomonga bukib uning pastgi chetida 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib, yon qirqimiga 0,5 sm yetkazmay biriktirib tikiladi. Tirsak choki tikilayotganda kesimning yon choki ham tikiladi. Kesim pastgi burchagini o’ngigga ag’darib to’grilanadi. Tirsak choki yorib dazmollanadi, kesim yeng ustki bo’lagi tomonga bukib dazmollanadi. Yeng
uchining tirsak chok ustidagi joyi bostirib dazmollanadi.
Kesimsiz yengga ishlov berish Yeng ustki va ostki bo'laklari 1 sm kenglikda ostki yeng tomondan biriktirib tikiladi. Yeng old choki yorib dazmollanadi. Yordamchi andaza qo'yib, yengning teskarisida yeng uchini bukish chizig'i belgilanadi. Yeng uchi pishiqroq bo'lishi uchun uning teskarisiga qotirma bukish haqi tomonida bukish chizig'iga to’g’rilab qo'yiladi va dazmolda yopishtiriladi. Shundan keyin tirsak qirqimlari 1 sm chok kengligida ustki yeng tomondan biriktirib tikiladi. Tirsak choki yorib dazmollanadi. Yeng uchining bukish haqi belgilangan chiziqqa muvofiq teskari tomonga qaytarilib ko'klanadi va dazmollanadi. Avra yengi uchiga astar yenggi uchi biriktirib tikiladi. Chok dazmollanadi va yeng uchi o'ngiga ag'dariladi.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling