Kesish jarayonini optimallashtirish masalalarini yechishda qo'llaniladigan matematik modellarni o'rganish


Kesish jarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish texnoogik muhitlarining turlari


Download 97.5 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi97.5 Kb.
#1244326
1   2   3
Bog'liq
Kesish jarayonini optimallashtirish masalalarini yechishda qo\'ll

7.2. Kesish jarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish texnoogik muhitlarining turlari
Kesib ishlashda qo'llaniladigan moylash-sovitish texnologik mu-hitlari MSTM quyidagi guruhlarga bo'linadi: l.Sovitish-moylash suyuqliklari (SMS):

  1. sovun, moy va mineral elektrolitlarning suvdagi eritmalari, emulsiyalar (ikki fazali dispers sistema bo'lib, bir-birida erimaydigan suyuqliklardan tuziladi);

  2. mineral va o'simlik moylari (surep, zig'ir, kastor va boshqalar, fosfor, oltingugurt va xlor qo'shilgan mineral moylar, sulfofrezol (oltingugurtlangan moylar), olein kislotasi, uglerod IV xloridi) va boshqalar;




  1. kerosin va sirt aktiv moddalar (SAM)ning kerosindagi erit­malari, o'simlik moylari qo'shilgan kerosin;

  2. qattiq holdagi moylovchi moddalar—kolloid holdagi grafit, xlorlangan parafin, mum, molibden II-sulfid va boshqalar qo'shilgan moylar va emulsiyalar.

Qiyin ishIanadigan metall va qotishmalarni kesishda murakkab tarkibli SMS, masalan 5...10% Ukrinol-1, 5...10% Akvol-3, 5...8% P3 СОЖ8, MP-4 va boshqa suvli eritmalar qo'llaniladi.
2.Gazsimon moddalar:
a) CO2 azot, havo va boshqa gazlar;

b) sirt aktiv moddalar (SAM) bug'lari;


d) purkaladigan suyuqliklar va ko'piklar.
3. Qattiq moddalar: sovun va parafinning kukuni, petrolatum, bitum, mum, grafit, molibden disulfidi, soda, kalsiy xloridi va boshqalar.
Moylash-sovitish texnologik muhitlaridan to'g'ri foydalanish kesib ishlov berishda ish unumdorligini 2-3 marta, kesuvchi asbob turg'unligini 8-10 marta oshirishga imkon beradi.
Metallarni kesib ishlashning turli usullari va ularga xos kesish parametrIari. Kesib ishlash usullariga mos kesuvchi asboblar— keskichlar, parmalar, zenkerlar, razvyortkalar, metchikJar, protyaj-kalar, frezalar, abraziv doiralar va boshqalar va ularning turlari kon-struktiv tuzilishi hamda o'ziga xos xususiyatlari laboratoriya mashg'ulotlarida batafsil o'rganilishi tufayli bu masala ushbu yerda yor-itilmagan.


Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar

  1. Kesish rejimini tanlash uslubini ta'riflang.

  2. Kesishning asosiy ishchi parametrlarini tanlashni ifodalang.

  3. Kesish rejimining optimal varianti to'g'risidagi tushunchani izohlang.

  4. Zagotovkada turlicha ishlov berish sxemasini (masalan, teshikni parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, teshikni yo'nib kengaytirish, sidi-rish, frezalash, jilvirlash va shunga o'xshash) keltirib, sxemada kesuvchi asbob va uning geometrik parametrlarini ko'rsating hamda kesish rejimi­ning elementlarini izohlang.

Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling