Kesish rejimini tayinlash uslubi. Kesishning optimal rejimi haqida tushuncha
Kesish jarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish texnoogik muhitlarining turlari
Download 121.5 Kb.
|
kesish rejimini tanlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Gazsimon moddalar
- Metallarni kesib ishlashning turli usullari va ularga xos kesish parametrIari.
Kesish jarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish texnoogik muhitlarining turlari
Kesib ishlashda qo'llaniladigan moylash-sovitish texnologik mu-hitlari MSTM quyidagi guruhlarga bo'linadi: l.Sovitish-moylash suyuqliklari (SMS): sovun, moy va mineral elektrolitlarning suvdagi eritmalari, emulsiyalar (ikki fazali dispers sistema bo'lib, bir-birida erimaydigan suyuqliklardan tuziladi); mineral va o'simlik moylari (surep, zig'ir, kastor va boshqalar, fosfor, oltingugurt va xlor qo'shilgan mineral moylar, sulfofrezol (oltingugurtlangan moylar), olein kislotasi, uglerod IV xloridi) va boshqalar; kerosin va sirt aktiv moddalar (SAM)ning kerosindagi eritmalari, o'simlik moylari qo'shilgan kerosin; qattiq holdagi moylovchi moddalar—kolloid holdagi grafit, xlorlangan parafin, mum, molibden II-sulfid va boshqalar qo'shilgan moylar va emulsiyalar. Qiyin ishIanadigan metall va qotishmalarni kesishda murakkab tarkibli SMS, masalan 5...10% Ukrinol-1, 5...10% Akvol-3, 5...8% P3 СОЖ8, MP-4 va boshqa suvli eritmalar qo'llaniladi. 2.Gazsimon moddalar: a) CO2 azot, havo va boshqa gazlar; b) sirt aktiv moddalar (SAM) bug'lari; d) purkaladigan suyuqliklar va ko'piklar. 3. Qattiq moddalar: sovun va parafinning kukuni, petrolatum, bitum, mum, grafit, molibden disulfidi, soda, kalsiy xloridi va boshqalar. Moylash-sovitish texnologik muhitlaridan to'g'ri foydalanish kesib ishlov berishda ish unumdorligini 2-3 marta, kesuvchi asbob turg'unligini 8-10 marta oshirishga imkon beradi. Metallarni kesib ishlashning turli usullari va ularga xos kesish parametrIari. Kesib ishlash usullariga mos kesuvchi asboblar— keskichlar, parmalar, zenkerlar, razvyortkalar, metchikJar, protyaj-kalar, frezalar, abraziv doiralar va boshqalar va ularning turlari kon-struktiv tuzilishi hamda o'ziga xos xususiyatlari laboratoriya mashg'ulotlarida batafsil o'rganilishi tufayli bu masala ushbu yerda yor-itilmagan. Adabiyotlar ro'yxati: JT. В. Перегудов, A X- Хошимов вабошк,. Автоматлаштирилган корхона станоклари.—Т.: Узбекистон, 1999. Грановский Г.И. и др. Резание металлов: Учебник для машиностр. и приборостр. спец. вузов.-М.: Высш. шк., 1985. Технология обработки конструкционных материалов: Учебникдля машиностр. спец. вузов. Под ред. П.Г. Петрухи.—М.: Высш. шк., 1991. Бобров В.Ф. Основы теории резания, Машиностроение, 1975. Армарего И. Дж. Обработка металлов резанием. Перевод с англ. —М.,1977. Зорев. H. H. Вопросы механики процессарезания металлов. —M, Машгиз,1956. Резников A.H. Теплофизика процессов механической обработки материалов.—М,.1981 Справочник технолога-машиностроителя, т.т.1 и 2.-M., Машиностроение,1972 . Справочник металлиста в пяти томах.—М., Машгиз, 1959. Долматовский Г.А. Справочник технолога. — М., Машиностроение, 1962. Режимы резания металлов. Справочник под редакцией Ю.В. Барановского, 3-е изд.—М, Машиностроение, 1972. Справочник нормировщика-машиностроителя т.2. Нормирование станочных работ. Под редакцией Е.П.Стружестраха. —M, Машиностроение, 1961. Обшемашиностроительные нормативы режимов резания: Справочник, т. l.-M.: Машиностроение, 1991, 634 с. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling