Kesuvchi dasgohlar Reja: Metal kesuvchi dastgohlar Tokarlik-vint qirqish dastgohlari


Tokarlik-vint qirqish dastgohlari


Download 31.7 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi31.7 Kb.
#1045610
1   2   3
Bog'liq
Kesuvchi dasgohlar

2. Tokarlik-vint qirqish dastgohlari
Tokarlik-vint qirqish dastgohlari xilma-xil ishlami bajarish uchun m o‘ljallangan. Bu dastgohlarda shakldor yuzalar yo‘nish, silindrik va konussimon teshiklami yo‘nib kengaytirish; ko‘ndalang kesim yuzalarini yo'nish; tashqi va ichki rezbalar ochish: teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; tanavorlami qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlami bajarish mumkin. Tokarlik-vint qirqish dastgohlarining asosiy parametrlari ishlov beriladi gan tanavoming staninadan yuqoridagi eng katta diametri va dastgoh markazlari orasidagi eng katta masofadir. Markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov beriladigan detaining eng katta uzunligini belgilaydi. Tokarlik-vint qirqish dastgohlarining bu asosiy parametr- laridan tashqari, ulaming tegishli DS larda belgilangan muhim o’lchamlariga ishlov beriladigan tanavorning supportdan b o igan eng katta diametri: shpindelining eng katta aylanish chastotasi; shpindel teshigidan o ‘ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel mar- kazining o'lchami, keskichning eng katta balandligi kiradi. Sanoati- mizda, asosan, 160-1250 mm li tanavorga ishlov bera oladigan va markazlari orqali 12500 mm bo‘lgan tokarlik-vint qirqish dastgohlari ishlab chiqariladi. Tokarlik-vint qirqish dastgohlari aniqligini oshirish, boshqari- lishini takomillashtirish, surish tezliklari diapazonini kengaytirish, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash borasida rivojlan- tirilmoqda. Tokarlik-vint qirqish dastgohlarida tanavorning aylanishi asosiy harakat, keskichli supportning harakati esa surish harakatidir. Boshqa barcha harakatlar yordamchi harakatlarjumlasiga kiradi. Tokarlik-vint qirqish dastgohlari deyarli bir turdagi komponovkaga ega, bunday komponovkaga 1K62 dastgohi misol bo‘la oladi Uning asosiy uzellari jumlasiga stanina (2), old (shpindelli) bab- ka (1), fartuk (4), keskich tutkichli support (3), orqa babka (5) kiradi. Old babkada tezliklar qutisi, surish qutisi ( 8 ) joylashtirilishi mumkin. Stanina dastgohning barcha asosiy uzellarini o‘matish uchun xizmat qiladi va uning asosi hisoblanadi. 1 2 3 4 5 6 11.5-rasm. 1K62 markali tokarlik-vint qirqish dastgohi: 1 - old babka tezliklar qutisi bilan; 2 - stanina; 3 - support; 4 - fartuk; 5 - orqa babka; 6 - harakatlanuvchi vint; 7 - harakatlanuvchi valik; 8 - surish qutisi.
Old babka staninaning chap qismiga mahkamlangan. Old babkada dastgohning tezliklar qutisi joylashgan, tezliklar qutisining asosiy qis- mi shpindel bo‘lib, u dumalash yoki sirpanish podshipniklarida ayla- nadi. Shpindel, odatda, boshidan oxirigacha konussimon teshikdan iborat bo‘lib, chiviq material (tanavor) ana shu teshikdan o ‘tkaziladi. Ketingi babka markazlarga o‘matilib, yo‘nilayotgan tanavorni tutib turish, shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berish asboblari (parma, zenker, razvyortka) ni hamda rezba ochish asbobi (metchik, plashka) ni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ketingi babka stanina yo‘naltiruvchilari bo‘ylab surila oladi. Surish qutisi shpindeldan yoki alohida yuritmadan surish vali yoki surish vintiga aylanma harakat uzatish, shuningdek, rezba qirqishda tegishlicha surishga erishish yoki muayyan qadam hosil qilish maqsadida aylanish chastotasini o ‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bunga surish qutisining uzatish nisbatini o ‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi. Surish qutisi almashtiriladigan shestemyalari bor gitara vositasida dastgoh shpindeli bilan bogMangan. Fartuk surish vali va surish vintining aylanma harakatini suppor ting to ‘g‘ri chiziqli ilgarilanma harakatiga aylantirish uchun mo‘ljallangan. Support kesuvchi asbobni mahkamlash va unga surish harakatini berish uchun xizmat qiladi.

Download 31.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling