Ketma-ket ulangan bir fazali sinusoidal tok zanjiri I. Ishni bajarishdan maqsad


Download 110.05 Kb.
bet1/4
Sana13.12.2022
Hajmi110.05 Kb.
#1000519
  1   2   3   4
Bog'liq
2 LABORATORIYA ISHI


2 LABORATORIYA ISHI
AKTIV ELEMENTLI O‘ZGARUVCHAN TOK ELEKTR ZANJIRLARIda ISTE`MOLCHILARNI TEKSHIRISH
(ketma-ket ulangan bir fazali sinusoidal tok zanjiri)
I. Ishni bajarishdan maqsad:
1. Sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv qarshilik R elementlarini ketma-ketulaganda zanjirga berilgan kuchlanishning taqsimlanishini amalda tekshirish.
2. Sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om va Kirxgofning qonunlarini tatbiq etishni o‘rganish.
3. O‘lchashdan olingan ma’lumotlar bo‘yicha ketma-ketulangan zanjir uchun tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasini qurishni o‘rganish.
4. Zanjirning aktiv - R, reaktiv (va to‘la – Z qarshiliklarini, shuningdek, zanjirning kirish tomonidagi va qismlaridagi tok va kuchlanishlar orasidagi faza siljish burchagini aniqlashni o‘rganish.
5. Zanjirning parametrlariga qarab tok va kuchlanish turli fazalar siljish burchagiga ega bo‘lishini ossillograf yordamida ko‘rib, ishonch hosil qilish.



II. Ishga oid nazariy tushunchalar
Har qanday o‘zgaruvchan tok zanjiri R, L va C elementlarining ketma-ket, parallel va aralash ulangan turlicha sxemalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Zanjirdagi aktiv qarshilikda (R) iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi issiqlik (yokiyorug‘lik) energiyasiga, ya’ni foydaliishga sarf bo‘ladi. Induktivlik (L) zanjirda magnit maydonini, sig‘im (S) esa elektr maydonini hosil bo‘lishini ifodalab beradi.
Mazkur tajriba ishida iste’molchilarni o‘zgaruvchan tok zanjirida ketma-ketulashning quyidagi hollari o‘rganiladi:
a) ikkita aktiv qarshilik R1 va R2 ketma-ketulangan zanjir (2.1-rasm,a);
b) aktiv qarshilik R1 va induktivlik L ketma-ketulangan zanjir (2.1-rasm);
d) aktiv qashilik R1 va kondensator C ketma-ketulangan zanjir (2.1-rasm);
ye) umumiy hol – R, L, C elementlar ketma-ketulangan zanjir (2.1-rasm, 2.1-rasm, yeda ko‘rsatilgan o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni quyidagicha ifodalanadi




Agar n-ta element o‘zgaruvchan tok zanjirida ketma-ket ulangan bo‘lsa, u holda Kirxgofning II-qonuniga asosan kuchlanishlarning oniy qiymatiga nisbatan quyidagi tenglamani yozamiz:

Bu tenglamadagi kuchlanishlar sinusoidal bo‘ladigan bo‘lsa, uholda tenglama vektor shaklida quyidagicha yoziladi:
.
Demak o‘zgaruvchan tok zanjirida zanjirga berilgan kuchlanish zanjir elementlari qismlaridagi kuchlanishlarning ta’sir etuvchi qiymatlarining vektor yig‘indisiga teng bo‘ladi,

Kirxgof ikkinchi qonunining o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun tatbiq etilish xususiyati shu bilan farq qiladi. Zanjir faqat aktiv qarshilikdan iborat bo‘lganda Kirxgofning ikkinchi qonuni xuddi o‘zgarmas tok zanjiridagi kabi tatbiq etiladi.
Iste’molchilari ketma-ket biriktirilgan o‘zgaruvchan tok zanjirida tok bilan umumiy kuchlanish orasida fazalar siljish burchagi mavjud, ya’ni

Zanjir induktiv yoki aktiv induktiv xarakterga ega bo‘lsa,  burchak musbat, agar sig‘im yoki aktiv – sig‘im xarakterga ega bo‘lsa, manfiydir.
O‘zgaruvchan tok zanjirining davr ichidagi oniy quvvatining o‘rtacha qiymati aktiv quvvat deyilib, u quyidagicha aniqlanadi:

Demak, o‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv quvvat, o‘zgarmas tok zanjiridagiga o‘xshash, faqat IU ko‘paytmaga bog‘liq bo‘lmay, quvvat koeffitsienti cos ga ham bog‘liqdir.
Aktiv quvvat vattlarda (Vt), kilovattlarda (kVt) va megavattlarda (mVt) o‘lchanadi.
ko‘paytma zanjirning to‘la quvvati deyilib, volt-amperlarda (VA), kilovolt-amperlarda (kVA) o‘lchanadi.
bu yerda cos zanjirning quvvat koeffitsienti bo‘lib,u iste’mol qilinayotgan to‘la quvvatning qanday qismi foydaliishga sarf bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Quvvat zanjirning reaktiv quvvati bo‘lib, Volt-Amper reaktiv, kiloVolt-Amper reaktivlarda o‘lchanadi va qisqacha VAr, kVAr tarzida yoziladi.

Download 110.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling