Ketma-ket ulangan bir fazali sinusoidal tok zanjiri I. Ishni bajarishdan maqsad
Download 110.05 Kb.
|
2 LABORATORIYA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot tuzish tartibi 1. Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalarini qurish
- Yuklama aktiv qarshilik va induktivlikdan iborat bo‘lganda .
9.O‘zgaruvchan tok zanjirida Om qonuni va Kirxgof qonunlarini tatbiq etilish xususiyatlari, shuningdek, tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagiga zanjir parametrlarining ta’siri haqida xulosa beriladi. Hisobot tuzish tartibi 1. Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalarini qurish Avval tok va kuchlanishlarning masshtabini (mI=A\mm, mU\mm) tanlab olish kerak. Ketma-ket zanjirlarda tok zanjirning barcha elementlari uchun bir xil qiymatga ega bo‘lgani uchun, uni bosh vektor tarzida olish ma’qul hisoblanadi. 1) Yuklama aktiv qarshilik va induktivlikdan iborat bo‘lganda. Ixtiyoriy 0 nuqtadan tok vektori I ni gorizontal qo‘yib (2.1-rasm, g) yana shu nuqtadan tok vektorining yo‘nalishi bo‘yicha r1 rezistordagi kuchlanish tushuvi ni qo‘yamiz. Mazkur zanjir uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko‘ra unga berilgan kuchlanish: Bu yerda zF – induktiv g‘altakning to‘la qarshiligi, Om, F – induktiv g‘altakdagi kuchlanish tushuvi, V. So‘ngra vektorning oxiridan soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishda induktiv g‘altakdagi kuchlanish vektori ga teng radius bilan yoy chizib, 0 nuqtadan esa butun zanjir kuchlanishining vektori ga teng radius bilan yoy chiziladi. Yoylarning kesishgan nuqtasini 0 nuqta va vektorining oxiri bilan birlashtirib, vektor diagrammani hosil qilamiz. G‘altakdagi kuchlanish ni aktiv va induktiv tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. d) Yuklama aktiv qarshilik va sig‘imdan iborat bo‘lganda kuchlanish vektorlari va bosh vektor I ga nisbatan soat strelkasining harakat yo‘nalishida chiziladi. Kondensatorning aktiv qarshiligi rc juda kichik bo‘lganidan undagi kuchlanishning tushuvi hisobga olinmaydi. Shuning uchun kuchlanish vektori Us tok vektoridan ( ning oxiridan) faza bo‘yicha 900ga orqada qoluvchan burchak ostida qo‘yiladi (2.1-rasm, h). ye) Yuklama aktiv qarshilik, induktivlik va sig‘imdan iborat bo‘lgandagi umumiy hol uchun vektor diagramma (2.1-rasm, i) qurish talabalarning o‘zlariga topshiriladi. Download 110.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling