Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Yonginning tarqalishini oldini olish sistemasi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Yonginning tarqalishini oldini olish sistemasi yonginga qarshi 
to’siqlarni o’rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o’chirish 
va qo’shish jihozlaridan va yongindan to’suvchi vositalardan, yongin
vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to’kilishini oldini oluvchi vositalardan
foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yongindan himoyalanish xizmatini 
tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yongin xavfsizligi bo’yicha 
ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik 
jarayonlarni pasportlashtirish, yongin muhofazasi bo’yicha mutaxassislar
tayyorlash va ularni o’qitish, yongin xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar va
aholi o’rtasida turli xil tadbirlar o’tkazish, yonginga qarshi ko’rsatmalar
ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi. 
XII.2.Yongin va portlashning sabablari 
 
Yonginning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan eng
asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yongin 
xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
Yonginning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida 
keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan 
foydalanish; yongin xavfsizligi bo’yicha texnologik jarayonlarini buzish, 
ularga amal qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik 
(masalan, so’ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 
800

S gacha yetishi mumkin); statik elektr zaryadlariga qarshi texnik 
qurilmalardan foydalanmaslik; atmosferaning kuchli zaryadlaridan 
himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 
mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil 
bo’lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan 
foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini 
noto’g’ri o’rnatish yoki ularni zo’riqtirish; isitish sistemalaridan noto’g’ri 


231 
foydalanish; bug’ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik
qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto’g’ri o’rnatilishi; ishlab
chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug’ va changlarni 
me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling