Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

Statik elektr zaryadlari. Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil 
bo’lmagan ikki materialning o’zaro ishqalanishi natijasida va ayrim 
suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda katta tezlikda harakatlanishi
oqibatida statik elektr zaryalari hosil bo’ladi. Masalan, avtomobil beton 
yo’lda harakatlanayotganida, uning g’ildiraklari yo’l uzra sirpanishi 
natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobilga urilishi natijasida-
3000V, benzinni po’lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida - 
3600V, tezligi 15 m/s bo’lgan tasmali uzatmalarda - 80000V, tasmali
transportyorlarda –45000Vgacha statik elektr zaryadlari hosil bo’lishi 
mumkin. Statik elektr zaryadining miqdori materiallarning tarkibiga
ishqalanuvchi qismlarning yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr 
qarshiligiga, texnologik jarayonning intensivligiga va muhitning 
mikroiqlim holatiga bog’liq bo’ladi. 
Statik elektr zaryadlari ta’sirida turli xil jarohatlanishlar, 
yong’inlar va portlashlar kelib chiqishi mumkin. Yuqori miqdorda statik 
elektr zaryadlari hosil bo’ladigan muhitda inson organizmining muskullari 
keskin qisqarishi, uzoq vaqt statik elektr zaryadlari ta’sirida ishlash 
oqibatida esa nerv faoliyatining buzilishi, tayyorlanadigan mahsulot 
sifatining pasayishi kuzatiladi. 
Statik elektr zaryadlarining hosil bo’lishini va to’planishini turli 
xil yo’llar bilan oldini olish mumkin, jumladan ish joyi mikroiqlim 
holatini meyorlashtirish, yani xona xavosi nisbiy namligini 70% dan kam 
bo’lmasligiga erishish; asosiy materiallarga antistatik materiallar qo’shish; 
muhit havosini ionizatsiyalash; ishqalanuvchi yuzalarga teskari belgili 
zaryadlarni kiritish va b. Statik elektr zaryadlarining xavfli va zararli 
ta’siridan himoyalanishning asosiy yo’llaridan yana biri-jihozlar va 
sig’imlarning metall qismlarini yerga ulashdir. Yerga ulashda elektrod 
sifatida po’lat trubalardan, burchaksimon po’latlar va armaturalardan 
foydalanish mumkin. Statik elektr zaryadlari hosil bo’lish extimoli bor 
bo’lgan statsionar mexanizmlar va sig’imlarning yerga ulash qurilmalarini
qarshiligi 100 Om dan, texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna, 
qurilma va jihozlar sistemalari uchun esa bu ko’rsatkich 10 Om dan 
kichik bo’lishi zarur.  

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling