Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat qilish va dam olish tartibi.
Kp = 100 (E maks - E min ) /2 E o’r
Bu yerda E mak, E min, E o’r - yog’likning tebranish davridagi maksimal, minimal va o’rtacha qiymatlaridir. Vaqt bo’yicha yoritilganlikning doimiyligi foydalaniladigan kuchlanishning barqarorligi, gazorazryad lampalarning yoqishning maxsus sxemalarini qo’llash bilan erishiladi. Sanitar qoidalarga muvofiq, yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar yuqori chastotali, yonishini nazorat qila oluvchi uskunali gazorazryadli lampalar ishlatish imkoni bo’lmasa, ko’p lampali umumiy 496 foydalanish yoritgichlarini uch fazali tok tarmog’ining turli fazalariga ulash kerak. Bunday ulanganda pulsatsiya koeffitsienti talab qilingan 5 % qiymatga ega bo’ladi, ko’rish toliqishining pasayishiga, ish qobiliyatini oshishiga olib keladi. Nur tarqatuvchisiz va ekranlovchi panjarasiz yoritgichlardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Umumiy va maxalliy yoritgichlardagi yoritilganlikning muhofaza burchagi 40 gradusdan kam bo’lmasligi kerak, bunda maxalliy yoritgichlarda nur o’tkazmaydigan qaytargichlar bo’lishi kerak. Umumiy yoritilganlikning yoritish qurilmalarini loyixalaganda zaxira koeffitsienti 1,4. ga teng qilib olish kerak. XK va VDT joylashgan honalarning me`yoriy yoritilganligini ta`minlash uchun deraza oynalarni yiliga ikki marta tozalash, kuygan lampalarni o’z vaqtida almashtirish kerak. Mehnat qilish va dam olish tartibi. Ko’rish ishlarini bajarish uchun yaxshi sharoit yaratishda mehnat qilish va dam olish tartibini ratsional tashkil etish katta axamiyatga egadir. Mexnat sharoitini ishlab chiqarish muhitidagi zararli va xavfli faktorlarini gigienik kriteriylar asosida baxolashda mexnat zo’riqishlarining yangi ko’rsatkichi videoterminal ekranlarini kuzatish paydo bo’ldi. Vir smenada 2 soatgacha kuzatish optimal deb, 3 soatgacha esa yo’l qo’yilgan deb qabul qilingan. 3 soatdan ortigi -birinchi darajali zo’riqish (zararlanish), 4 soatdan ortig’i esa - ikkinchi darajali zo’riqishdir. Bundan ortig’i ko’zga og’irlik qiladi, vaxolanki praktikada bunga deyarli rioya qilinmaydi. Sanitar qoidalarda foydalanuvchilarning mexnat qilish va dam olish tartibi bajarilayotgan ishning og’irligi va xarakteriga qarab me`yorlanadi, bunda nafaqat ko’rish ishlari, balki emotsional- asabiy zuriqish, muskullarning charchashi, elektr magnit maydon ta`siri va boshqa ma`qul bo’lmagan faktorlar xam hisobga olinadi. Qayta ishlanayotgan axborotning xajmiga ko’ra ish ogirligini kategoriyalarga bo’lishda xam birinchi navbatda ko’rish toliqishi inobatga olinishi xarakterlidir. Elektron-hisoblash mashinalardagi barcha mexnat faoliyati uch guruxga bulinadi: A guruxi - ekrandan axborotlarni o’qish ishlari; B guruxi - axborotlarni kiritish ishlari; V guruxi - kompyuter bilan muloqot rejimidagi ijodiy ishlar. Ish jarayonida turli xildagi ishlar bajarilsa, asos qilib ish smenasi davomida 50% vaqt sarflangan turi qabul qilinadi. Elektron-hisoblash mashinalardagi mexnat faoliyatining turlari uchun og’irligi va toliqishi bo’yicha uchta kategoriya o’rnatilgan bo’lib, 497 bular asosida reglamentlangan tanaffuslar me`yorlanadi. Kategorilar quyidagicha aniqanadi: A guruxi uchun - ish smenasida o’qiladigan belgilar yig’indisining soni bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig’indi 60 000 oshmasligi kerak. Bunday axborotning xajmi 3- kategoriyaga, bir smenada 40 000 belgi - 2- kategoriyaga va 20 000 gacha -L- kategoriya kiradi. B guruxi uchun -ish smenasidagi o’qiladigan va kiritiladigan belgilar yig’indisining soni bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig’indi 40 000 oshmasligi kerak. Bunday axborotning xajmi 3- kategoriyaga, bir smenada 30 000 gacha belgi - 2- kategoriyaga va 15 000 gacha - 1- kategoriya kiradi. V guruxi uchun -ish smenasida VDT va XT da bevosita ishlagan vaqtlarini yig’indisi bilan, lekin bir smenadagi ushbu yig’indi 6 soatdan oshmasligi kerak. Bu 3- kategoriya uchun, bir smenada 4 soat - 2- kategoriya uchun va 2soat - 1- kategoriya uchun belgilanadi. Ish smenasi davomida profilaktika va toliqishni bartaraf qilish uchun reglamentlangan tanaffuslar belgilanib, 8 soatlik ish smenasida 1- kategoriya ishlari uchun - 30 minut, 2-si uchun - 50 minut va 3-kategoriya uchun - 70 minut. Sanitar qoidalarga muvofiq, VDT da uzluksiz ishlash davomiyligi 2 soatdan oshmasligi kerak. Tungi smenada ishlaganda ish turidan va kategoriyasidan qat'iy nazar, tanaffuslarning umumiy vaqti 60 minutga oshishi kerak, Sanitar qoidalarda smena davomidagi reglamentlangan tanaffuslarni ishlatish bo’yicha takliflar mavjuddir. Xususan, 8 soatlik ish smenasida tanaffuslarni quiydagicha o’rnatish lozim: 1- kategoriya uchun - xar biri 15 minutdan iborat smena boshlanganidan 2 soatdan so’ng va tushlikdan 2 soatdan so’ng; - 2 - kategoriya uchun - xa|z biri 15 minutdan iborat smena boshlanganidan 2 soatdan so’ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so’ng yoki xar bir soat ishlagandan so’ng 10 minut; - 3 - kategoriya uchun - xar biri 20 minutdan iborat smena boshlanganidan 1g 5-2 soatdan so’ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so’ng yoki xar bir soat ishlagandan so’ng 10 minut; -4- xar biri 15 minutdan iborat smena boshlanganidan 2 soatdan so’ng va tushlikdan 1,5-2 soatdan so’ng yoki xar bir soat ishlagandan so’ng 15 minut. Reglamentlangan tanaffuslar vaqtida asabiy-emotsional, ko’z analizatorining toliqishni pasaytirish xamda umurtqada gipodinamiya va gipokineziyasining rivojlanishiga to’sqinlik maqsadida maxsus fizkultura 498 mashqlarining majmuasini bajarish maqsadga muvofiqdir. Sanitar-gigienik me`yorlarni va ergonomik talablarni bajargan taqdirda xam foydalanuvchi o’zini noxush sezsa, unda individual yondoshish darkor, ya`ni: -hisoblash mashinasidagi ish vaqtini chegaralash, dam olish vaqtini uzaytirish yoki ish faoliyatini o’zgartirish kerak. Uyda, ish ritmi va rejalashtirish bilan bog’lanmagan ish sharoitida foydalanuvchi o’ziga qulay ish tartibini belgilay olganda, xar ish soatidan so’ng 10-15 minutdan, xar 2 soat ishlagandan so’ng 20-30 minutdan tanaffus 1qilishni, shu paytlar davomida monitorni o’chirishni, ish joyidan, xatto honadan nari ketishni va honani shamollatishni taklif qilish mumkin. Sanitar qoidalar maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchilari, talabalari, tarbiyalanuvchilari uchun videoterminallarda ishlash va dam olish tartibi uchun ma`lum talablarni qo’yadi. Bu qoidalarga asosan maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchilari displey sinflarda va informatika honalarida bir kunda 4 soatdan ko’p ishlamasliklari kerak. O’quv jarayonini ta`minlovchi muxandislarning displey sinflarda va informatika honalar (auditoriya)dagi bir kunlik ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak. Uyda, ish ritmi va rejalashtirish bilan bog’lanmagan ish sharoitida foydalanuvchi o’ziga qulay ish tartibini belgilay olganda, xar ish soatidan so’ng 10-15 minutdan, xar 2 soat ishlagandan so’ng 20-30 minutdan tanaffus qilishni, shu paitlar davomida monitorni o’chirishni, ish joyidan, xatto honadan nari ketishni va honani shamollatishni taklif qilish mumkin. Sanitar qoidalar maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchilari, talabalari, tarbiyalanuvchilari uchun videoterminallarda ishlash va dam olish tartibi uchun ma`lum talablarni qo’yadi. Bu qoidalarga asosan maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’qituvchilari displey sinflarda va informatika honalarida bir kunda 4 soatdan ko’p ishlamasliklari kerak, o’quv jarayonini ta`minlovchi muxandislarning displey sinflarda va informatika honalar (auditoriya)dagi bir kunlik ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak. Oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlarining talabalari uchun o’quv darslarida VDT va XT da ishlash vaqti berilgan topshiriqning murakkabligiga va xarakteriga qarab, xamda XT ish qobiliyatiga ko’ra belgilanadi. 499 1- kurs talabalari uchun VDT va XT bilan o’quv darslarini o’tkazishning optimal vaqti 1 soatni, yuqori kurs talabalari uchun orasida 15-20 minutlik tanaffusga rioya qilgan xolda ikki akademik soatni tashkil qiladi. Bundan tashqari 1- kurs talabalari uchun VDT va XT bilan ishlash vaqtini kompyuterda bevosita ishlash butun dars davomida 50% dan oshmaslik profilaktik chora-tadbirlarga rioya qilgan, ya`ni fizkultdaqiqa va fizkultpauzlar, ko’rishga doyr mashqarni bajarish sharti bilan 2 soatgacha,, yuqori kurs talabalari uchun 3 akademik soatgacha uzaytirishga ruxsat beriladi. Talabalarda toliqishni rivojlanishining oldini olish maqsadida majburiy chora-tadbirlar quyidagilardir: - xar bir akademik dars soatidan so’ng o’quv jarayonidan qatiy nazar, 5 minutdan kam bo’lmagan tanaffuslar tashkil qilish; - EXMda ishlash vaqtini me`yorlash maqsadida, EXMga taymerni ulash yoki videomonitor ekranidagi axborotni yoritilganligini markazlashgan uchirishni ta`minlash; - tanaffuslar paytid monitorni o’chirishni, o’quvchilarni honadan chiqarib, honani shamollatish; - EXMda ishlash vaqtida xar 20-25 minutdan so’ng ko’z uchun mashqlarni majburiy o’tkazishni tashkil etish; - umumiy toliqishni bartaraf etish uchun tanaffus paytida 3-4 minutlik fizkultpauza va lokal toliqishga 1-2 minutlik individual fizkultdaqiqa tashkil etish. Qoidalarda barcha turdagi mashqlar, shu jumladan ko’z toliqishini bartaraf etish uchun bir necha xil komplekslar berilgan bo’lib, ularni xar 2- 3 xaftada almashtirish tavsiya etiladi. Yana shu bilan birga o’quv mashg’ulotlarini o’tkazishning talablari berilgan, unga asosan talabalarda mashg’ulotlarni soat 17 dan keyin o’tkazish tavsiya etilmaydi va x.k.. talabalarning xarakatlanishi va kompyuterda ishlash tartibi ixtiyoriy o’rnatilgan. Qoidalarda o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilarining EXM da ishlash tartibini o’rnatishga qat`iy talablar qo’yiladi, xususan, EXM da ishlash o’quv darsi davomida: 1- kurs o’quvchilari uchun -kuniga 30 minutdan oshmasligi; 2- va 3- kurs o’quvchilari 2 soatlik darsda birinchi va ikkinchi soatlarida 30 minutdan, 20 minutlik interval bilan, tanaffus, o’quv materialini tushuntirish va savol-javoblar bilan birgalikda o’tkazilishi; 3- kurs o’quvchilari uchun VDT va XT bilan ishlash vaqtini 500 kompyuterda bevosita ishlash butun dars davomida 50% dan oshmaslik profilaktik chora-tadbirlarga rioya qilgan, ya`ni fizkultdaqiqa va fizkultpauzlar, ko’rishga doyr mashqlarni bajarish sharti bilan 3 akademik soatgacha uzaytirishga ruxsat beriladi. Ko’rish toliqishining profilaktikasi uchun VDT va XT bilan ishlash vaqtda xar 20-25 minutda ko’z uchun mashqlar o’tkazish, ko’z charchashini tez rivojlanishi, sanchishi, ko’z oldini lipillashi shaklida ifodalangan ko’rish diskomforti paydo bo’lganida individual, ko’rsatilgan vaqtdan oldin ko’z mashqarini bajarish lozimdir. Umumiy toliqishni bartaraf etish, asab, yurak-tomir, nafas olish tizimlarining funktsional xolatini yaxshilash, xamda yelka, qo’l, kurak, bo’yin va oyoq muskullari uchun fizkultdaqiqalar o’tkazish lozim. VDT va shaxsiy kompyuterlardan foydalanib utqaziladigan fakultativ va to’garak mashg’ulotlari xaftasiga 2 soatdan oshmasligi, bunda bevosita VDT va shaxsiy kompyuterlarda ishlash vaqti o’quv mashg’ulotlari kabi barcha ish tartiblariga rioya qilgan xolda 1 soatdan oshmasligi kerak. Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida o’quv va darsdan tashqari VDT va shaxsiy kompyuterlardagi o’yinli mashg’ulotlar tartibini tashkil etishga yanada kuchaytirilgan talablar qo’yiladi. 10-11 sinf o’quvchilari uchun informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan darslar xaftasiga 2 tadan oshmasligi, boshqa sinflarda VDT va shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladigan dars 1 tadan oshmasligi kerak. Bunda bevosita VDT va shaxsiy kompyuterlarda ishlash vaqti - 1-sinf o’quvchilari uchun (6 yosh) - 10 minutdan; - 2-5-sinf o’quvchilari uchun - 15 minutdan; - 6-7 -sinf o’quvchilari uchun - 20 minutdan; - 8-91-sinf o’quvchilari uchun - 25 minutdan; -10-11-sinf o’quvchilari uchun birinchi o’quv soatida - 30 minutdan, ikkinchisida - 20 minutdan oshmasligi kerak. VDT va shaxsiy kompyuterlardan foydalanib o’tkaziladigan to’garak mashg’ulotlari xaftasiga 2 martadan ortiq bo’lmay, 2-5 sinf o’quvchilari uchun (7-10 yosh) - 60 minutdan; 6- va undan yuqori sinf o’quvchilari uchun 90 minutgacha davom etishi mumkin. Bunda barcha vaqtni serxarakat o’yinlarni o’ynashga ajratish kerak emas. Ularni o’ynashga 2-5 sinf o’quvchilari uchun dars oxirida 10 minutgacha, yuqori sinf o’quvchilari uchun 15 minut vaqt ajratilishi kerak. Maktabgacha tarbiya muassasalarida ongni rivojlantiruvchi dasturli kompyuter o’yinlari ishtirokidagi mashg’ulotlar 5 yoshli bolalar uchun 7 minutdan, 6 yoshli bolalar uchun- 10 minutdan oshmasligi kerak. 501 Maktabgacha tarbiya muassasalarida kompyuterli o’yin mashg’ulotlarini uslubchi ishtirokida xaftasiga ikki martadan oshmay, bolalarning ish qobiliyati kuchaygan seshanba, chorshanba va payshanba kunlari o’tkazish kerak. Mashg’ulotdan so’ng ko’zlar uchun gimnastika o’tkazish darkor. Bitta VDT yoki shaxsiy kompyuterdan yoshidan qat`iy nazar ikki va undan ortiq bolani foydalanishi taqiqanadi. Mexnat va dam olish tartibiga to’g’ri rioya qilish ko’rish analizatorining zo’riqishini pasaytirish imkonini beradi va maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining ko’rish apparatining aloxida jaroxatlanishga moyilligi sababli dolzarb bo’lgan ko’rishini yomonlashuviga yo’l quymaydi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling