Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
-modda.Asosiy tushunchalar
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-modda.OIV kasalligi/OITSning oldini olish sohasidagi davlat ta`minoti
2-modda.Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda huyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi: OIV kasalligi - odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan o`ta xavfli yuqumli kasallik; OIV kasalligini yuqtirganlar - odamning immunitet tanqisligi 559 virusi kasalligini yuqtirgan shaxslar; OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, OIV kasalligining terminal (so`nggi) boshichi. 3-modda.O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning OIV kasalligi/OITS yuqqan- yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o`tish huquqi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ismi-sharifini sir saqlagan holda, ixtiyoriy ravishda OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida anonim tibbiy tekshiruvdan o`tish huquqiga egadirlar. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o`tkazish tartibи O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi va u e`lon qilinishi lozim. 4-modda.OIV kasalligi/OITSning oldini olish sohasidagi davlat ta`minoti Davlat: - odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish chora-tadbirlari to`g’risida aholining xabardor qilinishini; - OIV kasalligi/OITSning oldini olish, tashxis qo`yish va davolash vositalari etkazib berilishini, shuningdek tashxis qo`yish, davolash va ilmiy maqsadlarda qo`llaniladigan tibbiy preparatlar, biologik suyuqliklar, organlar va to`qimalarning xavfsiz bo`lishi ustidan nazorat qilinishini; - O`zbekiston Respublikasi hududida OIV kasalligi/OITSning tarqalishi ustidan epidemiologik nazorat o`rnatilishini; - OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o`tkazish uchun shart-sharoit yaratilishini; - tibbiy tekshiruvdan o`tishning xavfsiz, ism-sharif sir saqlangan holda va anonim tarzda bo`lishini; aholi tibbiy tekshiruvdan bepul o`tkazilishini va OIV kasalligini yuqtirganlar va OITS ga chalingan bemorlar bepul davolanishini; - OIV kasalligi/OITSni yuqtirganlarga ijtimoiy-maishiy yordam ko`rsatilishini, ular yangi ixtisosga o`rgatilishini va ishga joylashtirilishini; - OIV kasalligi muammolari bo`yicha ilmiy tadqiqotlar rivojlantirilishini; 560 - OIV kasalligi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mutaxassislar tayyorlashni ta`minlaydi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling