556
192. Tabiiy ofatlar – havfli tabiiy hodisalar va jarayonlar bo’lib,
ular favqulodda yuz berishi, insonlarning
kundalik hayot tarzini
buzilishiga, qurbonlar sodir bo’lishiga va material boyliklarni yo’q
bo’lishiga olib keladi.
193. Yer qimirlashlar – 12 ballik shkala asosida aniqlanadi.
3 ballgacha – kuchsiz, 4 ballgacha-o’rtacha, 5 ballgacha- kuchli, 7
ballgacha-juda kuchli, 8-10
ball-vayron qiluvchi, 11-12 ball – halokat
keltiruvchi.
195. Po’rtana va bo’ronlar – shamolning katta tezlikda harakat
qilishi. Po’rtanalarda shamol tezligi 18-29 m/s, bo’ronda 29m/s dan yuqori
bo’ladi.
196. Texnogan halokatlar – katta territoriyalarda portlash, yong’in,
radioktiv, ximiyaviy va biologik zararlanishlarni
keltirib chiqaruvchi,
insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o’limlarga olib keluvchi hamda ishlab
chiqarish jarayonini keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan hodisalar.
197. Antropogen halokatlar – insoniyatning xo’jalik faoliyati
tufayli yuzaga keluvchi antropogen fakorlar ta’sirida biosferaning sifat
jihatidan o’zgarishi
va natijada insonlar hayotiga, o’simlik va hayvonot
dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid va katta xavf tug’diruvchi
hodisalar.
198. Sotsial-siyosiy va harbiy-siyosiy mojarolar – ikki davlatning
o’zaro qarama-qarshiligi natijasida harbiy urushlarni kelib chiqishi,
urushda ommaviy qirg’in qurollaridan foydalanish xavfining tug’ilishi va
shunga bog’liq boshqa muammolar (qochoqlar
muammosi, yuqmli
kasalliklarni kelib chiqishi,
milliy krizislar, mintaqaviy muammolarni
yuzaga kelishi va h.k.)
Do'stlaringiz bilan baham: