616
20-modda.Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan
harakatlar
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar
hududi va ob`ektlarida bunday vaziyat ro`y bergan korxona, muassasa va
tashkilotlarning,
vazirlik, idora va hokimliklarning kuchlari hamda
vositalari bilan amalga oshiriladi. Zarurat bo`lganda O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qo`shimcha kuchlar
va vositalar ajratiladi.
21-modda. Favqulodda vaziyatlar ro`y bergan zonalarning
chegaralarini belgilash
Favqulodda vaziyatlar ro`y bergan zonalarning chegaralari davlat
organlarining, korxona, muassasa va tashkilotlarning tegishli rahbarlari
tomonidan Favqulodda vaziyatlar tasnifiga muvofiq belgilanadi.
22-modda.Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining
tugatilishi
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo`yicha qutqaruv, avariya
ishlari va boshqa ishlar tegishli organlar qaroriga binoan tugatiladi.
Favqulodda vaziyat bartaraf etilganidan so`ng
davlat hokimiyat va
boshqaruv organlari, vazirlik va idoralar, korxona,
muassasa va
tashkilotlar fuqarolarning hayot faoliyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy
ob`ektlarning ishini tiklash hamda atrof tabiiy muhitni sog’lomlashtirish
tadbirlarini amalga oshirishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: