Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o`rinlarda "ekspertiza"
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o`rinlarda "ekspertiza"
deb ataladi) - ekspertiza obyektining unga qo`yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash; ekspertiza obyektlari - xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog’liq bo`lgan boshqa hujjatlar; sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi - "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasi; sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi - ekspertiza qatnashchilari, shuningdek ekspert faoliyat uning doirasida tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan me`yorlar, qoidalar, metodikalar, shartlar, mezonlar va tartib-qoidalar jami; ekspert tashkiloti - sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot; ekspertiza xulosasi - ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to`g’risida asosli 651 xulosalarni o`z ichiga olgan hujjat; sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert - ekspertizani amalga oshiradigan attestatsiyadan o`tkazilgan mutaxassis; akkreditatsiya attestati - akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining ekspertiza bo`yicha faoliyatni amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat; buyurtmachi - ekspertiza o`tkazishga yoki akkreditatsiya qilishga buyurtma bilan murojaat qilgan tashkilot. 4. ekspertiza qatnashchilari o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ texnik hujjatlarga, O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va ushbu Nizomga amal qiladilar. 5. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari amalga oshiradi. 6. ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish ularning sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyati darajasini oshirish, ekspert tashkilotlarini bilib tanlashda buyurtmachiga ko`maklashish va ekspert xizmatlari ko`rsatishda ishonch muhitini qaror toptirish maqsadida akkreditatsiya bo`yicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. 7. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o`tkazish tartibi sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. 8. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarning malakasi va vakolati darajasini baholash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling