Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
II. PUTUR ETKAZMAYDIGAN NAZORAT TIZIMINI
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. MAHSULOT SIFATINI TA`MINLASHDA PUTUR ETKAZMAYDIGAN NAZORATNING ROLI
II. PUTUR ETKAZMAYDIGAN NAZORAT TIZIMINI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH KONTSEPTSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI Putur etkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish kontseptsiyasi quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga yo`naltirilgan: putur etkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik ta`minlashni takomillashtirish; putur etkazmaydigan nazorat xodimlari malakasini, laboratoriyalarining vakolatliligini, metodik hujjatlari va vositalarining texnik darajasini oshirish; putur etkazmaydigan nazorat tizimining qoidalari va tartib- qoidalarini putur etkazmaydigan nazorat bo`yicha xalqaro standartlar talablari va mezonlariga uyg’unlashtirish; putur etkazmaydigan nazorat xodimlari, laboratoriyalari, metodik hujjatlari va vositalarini baholash va ularning muvofiqligini tasdiqlash; putur etkazmaydigan nazorat xodimlari, laboratoriyalari, metodik hujjatlari, vositalari ma`lumotlar bankini shakllantirish va putur etkazmaydigan nazorat tizimini axborot bilan ta`minlash; muvofiqlikka baho berish va tasdiqlash bo`yicha tashkiliy tuzilmalarni maqbullashtirish; muvofiqlikka baho berish va tasdiqlash bo`yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; putur etkazmaydigan nazorat natijalari xalqaro e`tirof etilishi uchun shart-sharoitlar yaratish. III. MAHSULOT SIFATINI TA`MINLASHDA PUTUR ETKAZMAYDIGAN NAZORATNING ROLI Putur etkazmaydigan nazorat mahsulotning ishonchliligi va sifatini oshirish imkonini beradi, yangi, murakkabroq ishlab chiqarishni 662 o`zlashtirishga, shuningdek yangi progressiv texnologik jarayonlarni joriy etishga ko`maklashadi. Putur etkazmaydigan nazorat nazoratning boshqa usullaridan farq qilgan holda nazorat qilinadigan turkumda buyumlarning 100 foizini qamrab olishi mumkin, shu sababli ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini tekshirish imkonini beradi, keyinchalik qayta ishlash uchun mahsulotning yaroqli qismini tanlab olish imkonini beradi va ishlab chiqarilayotgan buyumlarning sifatini kafolatlaydi. Texnologik jarayonning har xil bosqichlarida putur etkazmaydigan sinovlarni muntazam o`tkazish va ushbu sinovlar natijalarini statistik qayta ishlash nuqsonlar paydo bo`ladigan texnologik jarayonlar bosqichini aniqlash va, tegishlicha, nuqsonning sabablarini aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Murakkab texnologik jarayon sharoitlarida tayyor detallar sifatini qayd etadigan putur etkazmaydigan nazorat jarayoniga tuzatish kiritishning faol usu liga aylanadi. Ishlab chiqarish avtomatlashtirilishi sharoitlarida nazoratning tuzatuvchi roli ayniqsa oshadi. Shunday qilib putur etkazmaydigan nazorat usullaridan oqilona foydalanilgan taqdirda ular texnologik jarayonni takomillashtirishning samarali vositasiga aylanishi mumkin. Putur etkazmaydigan nazorat operatsiyalari o`zida texnologik jarayonning ajralmas va teng huquqli bo`g’inini ifodalaydi. Ushbu operatsiyalar: buyum sifatini aniqlashga; buyumlarning mustahkamligini aniqlashga; eng yaxshi konstruktiv va texnologik echimga yo`naltirishga; tayyorlovchining markasini qo`llab-quvvatlashga; baxtsiz hodisalarning oldini olish va xavfsizlikni oshirishga; ishlab chiqarish qiymatini pasaytirishga qodir. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling