Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
IV. SANOAT VA RADIATSIYA XAVFSIZLIGINI
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
hayotfaoliyatixavfsizligi
IV. SANOAT VA RADIATSIYA XAVFSIZLIGINI
TA`MINLASHDA PUTUR ETKAZMAYDIGAN NAZORATNING ROLI Potentsial xavfli obyektlar - ishlab chiqarish texnikasi va transporti, bosim ostida ishlaydigan idishlar, quvur tarmoqlari, elektr stantsiyalari, ko`priklar, binolar va inshootlarning tayanch konstruktsiyalari, ko`tarish qurilmalari, temir yo`llar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va boshqa bir qancha obyektlarning sifati va xavfsizligini tekshirishda putur etkazmaydigan nazorat alohida ahamiyat kasb etadi. Xavfli ishlab 663 chiqarish obyektlarida binolar, inshootlar va texnika qurilmalarini tayyorlash, ta`mirlash, rekonstruktsiya qilish, montaj qilish, qurish va sanoat xavfsizligi ekspertizasi sifati, radiatsiya xavfini o`z vaqtida aniqlash bilan bog’liq sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta`minlashning asosiy omillaridan biri sifatida putur etkazmaydigan nazoratning roli va ahamiyati o`sishi ularning texnik holati, imkoniyati va bundan keyin ishlatish muddatlarini baholash zarurligi bilan belgilanadi. Bunday obyektlarning vaqti-vaqti bilan o`tkaziladigan ishonchli putur etkazmaydigan nazorati ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish va, asosiysi, texnogen avariyalar va halokatlar ehtimolining oldini olish imkonini beradi. Texnika qurilmalari, binolar va inshootlar parametrlarining chetga chiqish ehtimolining, shu jumladan buning oqibatida ish to`xtab qoladigan yo`l qo`yiladigan doirasida chetga chiqishlarini prognozlashtirish uchun ularning holatini tavsiflaydigan belgilarni aniqlash va o`rganish, shuningdek normal ish rejimi buzilishining o`z vaqtida oldini olish maqsadida ular holatini eksperimental aniqlash usullari va vositalarini ishlab chiqish xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ishlab chiqarish tsiklidagi muhim va zarur bosqich hisoblanadi hamda texnik diagnostika deb ataladi. Putur etkazmaydigan nazoratga asoslangan texnik diagnostika usullari texnika qurilmalari, binolar va inshootlar ish qobiliyati va xavfsizligini nazorat qilish jarayonlarini oqilona tashkil etish uchun qo`llaniladi. Texnik diagnostika ish sharoitlarida konstruktsiyalar, mexanizmlar va elementlarning texnik holati parametrlarini tadqiq etish, shuningdek normal ishlatish sharoitlarida va tabiat hodisalari yoki (inshootni) loyihalashtirish, tayyorlash va ishlatishdagi tashkiliy xatolar bilan belgilanadigan xavfli ish rejimlarida ularning ish qobiliyati va ishonchliligini prognozlashtirish imkonini beradi. Putur etkazmaydigan nazorat tizimi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo`llaniladigan va ishlatiladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlardan foydalanish xavfsizligi darajasini oshirishda muhim bo`g’in, tashkil etilishi "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g’risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishning yo`nalishlaridan biri hisoblangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimining instrumental ishonchli isbotlovchi bazasini ta`minlashning asosi hisoblanadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling