Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


VA ULARDAN MUHOFAZALANISH


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/393
Sana03.12.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1799559
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   393
Bog'liq
hayotfaoliyatixavfsizligi

VA ULARDAN MUHOFAZALANISH 
IX. 1. Xavf-xatar haqida tushunchalar va tahlil usullari 
Xavf tushunchasi. Umuman, sanoat korxonalarida va hayot 
faoliyatining boshqa turli jabhalarida xavfli vaziyatlar bo'lib turishi 
muqarrar va buni hech kim va hech qachon inkor etgan emas. Xavf-xatar 
tahlilining asosiy obyekti bu «Inson — mashina — atrof-muhit (IMA)» 
tizimini tashkil qiladi bu esa o'z navbatida ma'lum bir vazifani bajarish 
uchun texnik obyekt sifatida birlashgan odamlar va atrof-muhit bir-birlari 
bilan 
o'zaro 
bog'langan 
holda 
butun 
bir 
kompleks 
shaklida 
mujassamlanadi. Bunday birlashishning eng sodda turi insonning uy 
sharoitida 
uy-ro'zg'or 
ishlarida 
foydalaniladigan 
mashina 
va 
mexanizmlardan foydalanganda bo'ladigan qisman muloqotini keltirib 
o'tish joiz. Bundan tashqari, bunday sharoitlar unga yo'l sharoitida va har 
xil sanoat korxonalari bilan bo'ladigan bordi-keldi ishlarida ham 
mujassamlanishi mumkin. Buni hududiy, hududlararo va mamlakat hamda 
dunyoviy miqyosda ajratish mumkin. Mujassamlashish doimiy va 
nodoimiy bo'lishi mumkin. 
IMA tizimiga kiruvchi obyektlarning nodoimiy mujassamlashish 
jarayonida favqulodda holat vujudga kelishi mumkin. Buni xavf-xatar 
tahlili usulini va tuzilishini quyidagi jadvallarda ko'rib chiqamiz. 
Favqulodda hodisa — IMA tizimida nisbatan qisqa muddat ichida 
yuz berishi mumkin bo'lgan hisobga olinmagan, rejalashtirilmagan noxush 
va ko'ngilsiz voqea bo'lib, butun ish rejasini buzib yuboradi. 
Baxtsiz hodisa — favqulodda hodisaning inson organizmiga zarar 
yetkazish bilan tugallangan ko'rinishidir. 
To'xtash-favqulodda hodisaning tizimning ishlash qobiliyatiga putur 
yetkazishda ifodaianadi. 


151 
Hodisa — to'xtashning inson xulqi yoki notocg'ri harakati natijasi 
deb tushuniladi.
Xavf-xatar tahlili yuqorida sanab o'tilgan xavilami oldindan ko'ra 
bilish va uni kelib chiqishini oidini oladigan chora-tadbirlar belgilash 
imkoniyatini yaratadi. Xavf-xatar tahlilida asosan muhim bo'lgan quyidagi 
savollarga javob topish yo'li bilan amalga oshiriladi. Qaysi obyektlar 
xavfli va ularning xavfi nimada? Qanday favqulodda hodisalarni oidini 
olish mumkin? Qaysi favqulodda hodisalarni to'liq yo'qotish mumkin 
emas va u tez-tez bo'lib turadimi? Oldi olinmagan favqulodda hodisalar 
odamlarga, moddiy obyektlarga va atrof-muhitga qanchalik zarar 
yetkazishi mumkin? 
Xavf-xatarni tahlil qilish uning xavflilik darajasini aniqlagan holda 
uni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash bilan yakunlanadi. Bu 
albatta, birmuncha zaruriy bilimlarni: ehtimollik nazariyasi, statistika 
tahlili, injenerlik bilimlari bilan birga fikrlaslr va mushohada qilish 
imkoniyatiga ega bo'lgan kishilargina bajarishi mumkin. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   393




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling